Fatma Şebsefa Kadın (; shuningdek, Şebisefa, Şebsafa yoki Şebisafa deb ham atalgan; 1766-yilda tugʻilgan – 1805-yilda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulhamid I ning xotini.

Sulton xonim Kelib chiqishi nomaʼlum, biroq Usmoniylar sultonlarining xotinlari odatga koʻra nasroniy boʻlib, imperiya haramiga qul savdosi orqali keltirilgan va keyinchalik shu yerda islomni qabul qilganlar. Saroyga kelganlaridan soʻng ularga yangi ism berilganPeirce, Leslie (1993). The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford: Oxford University Press. ISBN 0-19-508677-5.. Fatma Şebsefa Kadın Abdulhamid haramiga joriya sifatida kiritilgan va „Oltinchi Kadın“ (oltinchi xotin) unvoni berilgan. U Şebsafa, Şebisafa yoki Şebisafa Kadin deb ham atalgan. 1782-yil 20-sentyabrda birinchi farzandi, oʻgʻli Shahzoda Sulton Mehmed Nusretni dunyoga keltirgan. Biroq shahzoda 1785-yil 23-oktyabrda 3 yoshida vafot etgan.

Oradan 2 yil oʻtib, 1784-yil 11-oktyabrda Şebsefa ikkinchi farzandi, qizi Alemşah Sultonni dunyoga keltirgan. Malika 1786-yil 10-martda 1 yoshida vafot etgan. Yana 3 yil oʻtib, 1788-yil 4-fevralda uchinchi farzandi, qizi Emine Sultonni dunyoga keltirgan, u esa 1791-yil 9-martda taxminan 3 yoshida vafot etgan.

1788-yilda Şebsefa toʻrtinchi farzandiga homilador boʻlgan. 1789-yil yanvar oyida kapitan David G. Sutherland u haqda quyidagilarni qayd etgan:

1789-yil 16-martda Şebsefa Kadın qizi Hibetulloh Sultonni dunyoga keltirgan. Oradan 1 oy oʻtib Abdulhamidning vafotidan soʻng Şebsefa beva qolgan va Eski saroyga joylashgan.

Mulklari 1798-yilda Şebsefa Aydin Guzelhisardagi Cihanzade Huseyn beyga qarashli Depecik yirik qishloq xoʻjaligini 33 500 kuruşga sotib olgan. Shuningdek, Istanbul bojxona daromadlari hisobidan olinadigan nafaqadan tashqari, Saloniki atrofida ham qishloq xoʻjaligi yerlariga egalik qilgan. Uning oʻlimidan keyin barcha yer xoʻjaliklari qizi Hibetulloh Sultonga oʻtkazilgan.

Xayriya ishlari

Şebsefa Istanbulning Zeyrek hududida joylashgan, oʻz nomi bilan ataluvchi vaqfning asoschisi sifatida tanilgan. Masjid kirish qismidagi yozuvga koʻra, ushbu vaqf 1787-yilda tashkil etilgan. Majmua masjid, boshlangʻich maktab va favvora, shuningdek, asoschining qabridan iborat. 1805-yilga oid vaqfnomada maktab qiz bolalar uchun ham ochiq boʻlishi belgilangan boʻlib, aynan shu narsa Şebsefani Usmonliylar davrida ayollar taʼlimining kashshoflaridan biri sifatida tanitgan.

Şebsefa Kadın masjidni bolaligida vafot etgan oʻgʻli Shahzoda Mehmed Nusret xotirasiga binoan bunyod ettirgan.

Oʻlimi Şebsefa Kadın 1805-yilda vafot etgan va Istanbulning Zeyrek tumanida joylashgan oʻz nomi bilan ataluvchi masjidda dafn etilgan.

Farzandlari Abdulhamid I va Şebsefa Kadınning 1 oʻgʻli va 3 qizi boʻlgan: Shahzoda Mehmed Nusret (1782-yil 20-sentyabrda tugʻilgan – 1785-yil 23-oktyabrda vafot etgan va Abdulhamid I maqbarasiga dafn etilgan); Alemşah Sulton (1784-yil 11-oktyabrda tugʻilgan – 1786-yil 10-martda vafot etgan va Abdulhamid I maqbarasiga dafn etilgan); Emine Sulton (1788-yil 4-fevralda tugʻilgan – 1791-yil 9-martda vafot etgan va Abdulhamid I maqbarasiga dafn etilgan); Hibetulloh Sulton (1789-yil 16-martda tugʻilgan – 1841-yil 18-sentyabrda vafot etgan va Mahmud II maqbarasiga dafn etilgan) 1803-yil 3-fevralda Hadicha Sulton va Sayid Ahmad poshoning oʻgʻli, amakivachchasi Sultonzoda Alouddin poshoga (1812-yil yanvarida Skutarida vafot etgan) turmushga chiqqan.

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Kadın (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:1760-yillarda tugʻilganlar Turkum:1805-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasidagi qullar Turkum:Usmoniylar sultonlarining joriyalari