Joseph Michael Almasian (1967-yil 8-mart tugʻilgan) – amerikalik bobsleychi. U 1994-yilgi Qishki Olimpiadada Ken Topalian bilan birga juftlik bahslarida Armaniston sharafini himoya qilgan. Ular Armaniston nomidan Olimpiadada ishtirok etgan ilk sportchilar boʻlishgan.
Biografiyasi Joe Almasian 1967-yilda Massachusets shtatining Framingham shahrida tugʻilgan. U Sherborn shahrida mexanik muhandis boʻlib ishlagan. University of New Hampshireda oʻqigan davrida u yengil atletika bilan shugʻullangan va futbol oʻynagan.
1991-yilda Armaniston mustaqillikka erishganidan uch yil oʻtib, Almasian va Ken Topalian 1994-yilgi Qishki Olimpiadada Armaniston nomidan bobsley musobaqasida qatnashish maqsadida jamoa tuzgan.
Ular ikkisi ham bobsleyni oʻrganish uchun Lake Placiddagi tayyorgarlik markaziga qatnashganlar, u yerda AQSh sharafini Olimpiadada himoya qilgan Jim Hickey tomonidan mashgʻulotlar olib borilgan. Ular har hafta oxirida kuniga uch soat mashq qilishgan, mashgʻulotlar jarayonida esa 1960-yillardan qolgan bobsley anjomlaridan foydalanishgan. Olimpiadaga ishtirok eta olish uchun, ikkovi ham Armaniston fuqaroligini olishgan va beshta xalqaro musobaqada qatnashganlar.
1994-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlari boshlanishiga uch haftadan kam vaqt qolganda, Topalian va Joe Almasianga Armaniston hukumati tomonidan oʻyinlarda qatnashish uchun ruxsat berildi. Ular 1994-yilgi Qishki Olimpiadada Armanistonni vakillik qilgan yagona sportchilar boʻlishdi. Ikki kishilik bobsley musobaqasida yetti jamoani ortda qoldirgan holda ular 36-oʻrinni egalladilar. Ushbu oʻyinlardan soʻng ularning hech biri ushbu musobaqalarda boshqa qatnashmagan, shuningdek, ular Armanistonni ham tark etishgan.
Manbalar
Turkum:Massachusetsda tugʻilganlar Turkum:Armaniston sportchilari