Tina Garabedian (; 1997-yil 13-iyunda tugʻilgan) — faoliyatini yakunlagan arman-kanadalik mus ustida raqqos. Simon Proulx-Sénécal bilan birga 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Armaniston sharafini himoya qilgan.

Shaxsiy hayoti Tina Garabedian 1997-yil 13-iyunda Kanadaning Kvebek provinsiyasi Laval shahrida dunyoga kelgan. Onasining ismi Maral Dermeguerditchian, otasi John Garabedian boʻlgan. Ular oilada uch qiz boʻlishgan. Garabedianning otasi ham, onasi ham Livanda tugʻilgan. Garabedian 7-sinfgacha kollejga tayyorlovchi L'École Arménienne Sourp Hagop maktabida taʼlim olgan, soʻngra mashgʻulot jadvaliga moslashish uchun Gérald-Godin kollejiga oʻtgan. 2021-yilda u McGill universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan va eng yuqori natijalari uchun Laddie Millen mukofotini qoʻlga kiritgan. Garabedian Kanada va Armaniston fuqaroligiga ega.

Faoliyati Dastlabki yillar Garabedian 2002-yilda konkida uchish sporti bilan shugʻullana boshlagan. U 14 yoshigacha musobaqalarning yakkalik yoʻnalishlarida ishtirok etgan, keyin esa bir yil davomida sinxron konkida uchish jamoasi aʼzosi boʻlgan. 2012-yilda u Alexandre Laliberté bilan juftlik boʻlib musobaqada qatnashgan. Oʻsmirlar darjasida oʻyinlarda ishtirok etgan juftlik 2014-yilgi Kanada chempionatida 9-oʻrinni egallagan va keyingi mavsumda xalqaro maydonda Armaniston nomidan oʻzlarining debyut ishtiroklarini qayd etishgan. 2014–15 ISU Oʻsmirlar oʻrtasida Grand Prix oʻyinlari doirasidagi ikkala bosqichida: Chexiyaning Ostrava shahri, shuningdek, Germaniyaning Drezden shahrida ham 7-oʻrinni egallashgan. Shundan keyin Garabedian/Laliberté juftligi Tallinda oʻtkazilgan 2015-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionatiga yoʻllanma olgan. Estoniyada ular qisqa raqs yoʻnalishida 18-oʻrinni olishgan va ixtiyoriy raqs yoʻnalishiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan. Bu yoʻnalishda esa ular 15-oʻrinni egallab, umumiy hisobda 16-oʻringa koʻtarilishgan.

Proulx-Sénécal bilan hamkorlik 2015-yil may oyida Garabedian Simon Proulx-Sénécal bilan juftlik sifatida musobaqalarda chiqish qila boshlagan. Ular birgalikda kattalar oʻrtasida oʻyinlarda ishtirok etishgan. Garabedian sportdagi jufti haqida shunday degan: „Murabbiylarim men raqsni endi boshlagan paytimdayoq bizni birga uchishimizni xohlashgan, lekin u allaqachon 21 yoshda boʻlib, kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok etishi kerak edi, men esa bunga hali tayyor emasdim“.

2016-yil yanvar oyida Garabedian/Proulx-Sénécal juftligi Slovakiyaning Bratislava shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatining yakuniy bosqichiga yoʻllanma olgan yigirma jamoa qatoriga kirgan. Ular qisqa raqsda 20-oʻrinni egallagan. Ixtiyoriy raqsda esa 18-oʻrinni egallab, umumiy hisobda ham 18-oʻrindan joy olgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Armanistonlik muz ustida raqs tushuvchi ayollar Turkum:Kanadalik muz ustida raqs tushuvchi ayollar