Mirra Aleksandrovna Andreeva (2007-yil 29-aprelda tugʻilgan) — rossiyalik professional tennischi. Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) tomonidan yakkalik bahslarida dunyoning 5-raqamli raketkachisi (2025-yil 14-iyul), juftlik bashlarida esa 12-raqamli raketka ustasi (2025-yil 15-sentyabr) boʻlgan.
Andreeva WTA turniri yakkalik bahslarida toʻrtta, jumladan, ikki marta WTA 1000 turniri bahsida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Sportchi Katta dubulgʻa turniridagi eng yaxshi natijasini 2024-yilgi Fransiya ochiq turnirida qayd etgan. Oʻsha paytda Andreeva 17 yoshida musobaqaning yarim finaligacha yetib borgan. Shuningdek, u tennischi Diana Shnaider bilan birga ayollar oʻrtasida juftlik bahslari boʻyicha 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridada kumush medal sohibasi boʻlgan.
Sport faoliyati Yoshligi Andreeva tennisdagi faoliyatini olti yoshida boshlagan. U yoshlar oʻrtasida 1-raqamli oʻyinchi boʻlib, bu natijaga 2023-yil 29-mayda erishgan.
Sportchi 2023-yilda Avstraliya Ochiq chempionatida ayollar oʻrtasida yakkalik bahslarida finalga qadar yetib borgan va uchta setda Alina Korneevaga magʻlub boʻlgan. Ularning final uchrashuvi 3 soat 18 daqiqa davom etgan boʻlib, bu erkaklar final oʻyinidan 22 daqiqa uzoq edi.
2023-yil aprel oyida Andreeva ITF Jahon tennis turniri tarixida 16 yoshga toʻlmasdan W60 yoki undan yuqori bosqichda bir necha marta gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yagona oʻyinchiga aylangan.
2022: WTA turniridagi debyuti Andreeva oʻzining asosiy toʻr bahslaridan oʻrin olgan WTA turniridagi ilk ishtirokini Jasmin Open turnirida amalga oshirgan. Sportchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Biroq u birinchi davrada oltinchi raqamli tennischi Anastasiya Potapovaga 2 soat 35 daqiqa davom etgan uch setlik bahsda magʻlub boʻlgan.
2023: Wimbledon toʻrtinchi davra, kuchli 50 talik 15 yoshida jahon reytingida 194-oʻrinda turgan Andreeva WTA 1000 toifasidagi Madrid Open turnirining asosiy toʻr bahslariga yoʻllanma olgan va oʻzining ilk WTA turniri uchrashuvini Leyla Fernandezga qarshi oʻtkazgan. Sportchi bu oʻyinda raqibini magʻlub etgan. Bu gʻalaba bilan u WTA 1000 turnirida asosiy toʻrda gʻalaba qozongan uchinchi eng yosh tennischiga aylangan. Birinchi va ikkinchi oʻrinlar mos ravishda Coco Gauff va CiCi Bellislar edi. Bundan tashqari, Andreeva WTA 1000 turnirida kuchli 50 talikka kiruvchi raqibni magʻlubiyatga uchratgan ikkinchi 15 yoshli tennischiga aylangan. Ushbu natijani qayd etgan birinchi tennischi esa Bellis edi (2025). Shundan keyin Andreeva 13-raqamli tennischi Beatriz Haddad Maiani magʻlub etib, ilk bor kuchli 20 talikdan oʻrin olgan raqib ustidan gʻalabaga erishgan va uchinchi davraga yoʻllanma olgan. Shu tariqa u XXI asrda 16 yoshga toʻlmasdan kuchli 20 talikdan joy olgan raqibni magʻlub etgan yettinchi oʻyinchiga aylangan. 16 yoshga toʻlgan kunida Andreeva yana bir kuchli 20 talikka kiruvchi raqibi, 17-raqamdan joy olgan Magda Linette ustidan gʻalabaga erishib, oʻzining 16-professional gʻalabasini qayd etgan va 1/8 finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Garchi Andreeva keyinchalik turnir chempioni boʻlgan Arina Sabalenkaga magʻlub boʻlgan boʻlsa-da, reytingda 50 ta oʻrindan koʻproqqa yuqorilab, dunyo boʻyicha 146-oʻringa koʻtarilgan va kuchli 150 talikka kirishga muvaffaq boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2007-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:Tennis 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida