Victor Okoh Boniface (2000-yil 23-dekabrda tugʻilgan) — nigeriyalik professional futbolchi. U Bundesliga klubi „Bayer Leverkusen“dan ijara asosida „Verder Bremen“ klubi va Nigeriya milliy terma jamoasida hujumchi sifatida toʻp suradi.
Xalqaro faoliyati Boniface Nigeriya terma jamoasidagi debyutini 2023-yilning 10-sentyabrda oʻtkazgan. Oʻyinning 64-daqiqada Taiwo Awoniyi oʻrniga maydonga tushgan. U oʻsha oʻyinda Samuel Chukwuezega golli uzatmani amalga oshirgan.
2023-yil 29-dekabrda u Kot-dʼIvuarda boʻlib oʻtgan 2023-yilgi Afrika Millatlar Kubogi uchun Nigeriya terma jamoasiga kiritildi. Biroq, 2024-yil 8-yanvarda Boniface mushaklaridan jarohat olib, Afrika turnirini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi va uning oʻrniga Terem Moffi tarkibga kiritilgan.
Oʻyin uslubi Boniface oʻziga xos oʻyin uslubi bilan tanilgan. Uning oʻyin xususiyatlariga dribling, zarbani yakunlash va bosh bilan zarba berishdagi kuchli tomonlari kiradi. Zaif jihatlari esa oʻyindan tashqari holatni sezish, toʻpni saqlab qolish va himoyaga yordam berishdir.
U dribling qilishni, jamoadoshiga toʻp oshirishni va uzun paslar berishni yaxshi koʻradigan futbolchi sifatida taʼriflanadi. Bu xususiyatlar uning maydonda hujumchi sifatidagi samaradorligini oshiradi.
U futbol oʻynashni Nigeriyadagi harbiy kazarmada oʻrgangan.
Umuman olganda, Victor Bonifacening oʻyin uslubi texnik mahorati, gol urish qobiliyati va oʻziga xos oʻyin afzalliklari bilan ajralib turadi.
Shaxsiy hayoti Boniface nasroniy diniga eʼtiqod qiladi. Boniface gol urganida odamlarni xursand qilish uchun gʻaroyib nishonlash usullarini qoʻllashni yoqtiradi. Uning futboldagi kumiri Neymar boʻlgan.
Mukofotlar Bodyo/Glimt
Eliteseriya: 2020, 2021 Bayer Leverkuzen
Bundesliga: 2023-24 DFB-Pokal: 2023-24 DFL-Superkubogi: 2024 Shaxsiy
UEFA Yevropa ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2022-23 UEFA Yevropa ligasining mavsumdagi eng yaxshi jamoasi: 2022-23 Bundesliganing mavsumdagi jamoasi: 2023-24 Bundesligada mavsumning eng yaxshi yangi futbolchisi: 2023-24
Manbalar
Havolalar Victor Boniface at glimt.no
Victor Boniface Rasmiy sayti
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Eliteserien futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Real Sapphire F.C. futbolchilari Turkum:FK Bodø/Glimt futbolchilari Turkum:Royale Union Saint-Gilloise futbolchilari Turkum:Bayer 04 Leverkusen futbolchilari Turkum:SV Werder Bremen futbolchilari Turkum:Nigeriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shimoliy Kiprdagi nigeriyalik muhojir sportchilar Turkum:Norvegiyadagi nigeriyalik muhojir sportchilar Turkum:Belgiyadagi nigeriyalik muhojir sportchilar Turkum:Germaniyadagi nigeriyalik muhojir sportchilar Turkum:Shimoliy Kiprdagi nigeriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Norvegiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar