Rukiye Sulton (; 1906-yil 11-oktyabr 1927-yil 20-fevral) — Usmoniylar malikasi, Mehmed V ning oʻgʻli Shahzoda Mehmed Ziyoyiddinning qizi.

Yoshligi Rukiye Sulton 1906-yil 11-oktyabrda Dolmabahçe saroyida tugʻilgan. Uning otasi sulton Mehmed V va Kamures Kadınning oʻgʻli Shahzoda Mehmed Ziyoyiddin, onasi esa Ünsiyar Xonim boʻlgan. U otasining uchinchi farzandi va uchinchi qizi, onasining esa ikkinchi farzandi edi. Uning oʻzidan bir yosh katta Dürriye Sulton ismli opasi va oʻzidan toʻrt yosh kichik Shahzoda Mehmed Nozim ismli ukasi bor edi.

1915-yilda u opasi va ukasi bilan birga taʼlim olishni boshladi. Muallimi Safiye Ünüvar ularga Qur’on oʻqishni oʻrgatgan. 1918-yilda bobosining vafotidan soʻng u Haydarposhodagi otasining villasiga koʻchib oʻtgan. U yerda onasi va opasi bilan birga birinchi qavatda yashagan.

Nikohi 1922-yilda Usmoniylar imperiyasi tugatildi va 1923-yil 29-oktyabrda Turkiya rasman respublika deb eʼlon qilindi. Shundan soʻng 1924-yil martida sulola vakillari surgun qilindi. Rukiye va uning oilasi Livanning Bayrut shahriga joylashdi. Bu yerda u Abdulbaki Ihsan bey bilan tanishdi. U Sokollu Mehmed poshoning oʻgʻli Sultonzoda Ibrohim posho orqali Esmaxon Sulton (Sulton Salim II va Nurbonu Sultonning qizi)ning avlodidan edi. Ihsan bey Turkiya mustaqillik urushida qatnashgan, fuqaroligidan mahrum etilgan va uning Turkiyaga qaytishi taqiqlangan edi. Ular 1924-yilda turmush qurishgan va Behiye Emel Nurijahon Xonimsulton ismli qiz koʻrishgan. 1925-yil 15-iyunda tugʻruqdan olti oy oʻtib Rukiye betob boʻlib qolgan. Shundan soʻng ular davolanish uchun Vengriyaning Budapesht shahriga borishgan.

Vafoti Rukiye Sulton 1927-yil 20-fevralda 20 yoshida Vengriyaning Budapesht shahrida vafot etgan va XVI asr Usmoniylar soʻfiyi Gül Baba maqbarasiga dafn etilgan.

Farzandlari Ism Tugʻilgan sana IzohlarAbdulbaki Ihsan bey bilan nikohidan (1924-yilda turmush qurishgan) Behiye Emel Nurijahon Xonimsulton 1925-yil 15-iyun Livanning Bayrut shahrida tugʻilgan. 1951-yilda Cemal Hodoga (1900–1977) turmushga chiqqan, Naime Banu Hodo (1952-yilda tugʻilgan) va Rukiye Bala Hodo (1955–2023) ismli ikki qiz hamda Nazim Hodo (1958-yilda tugʻilgan) ismli oʻgʻil koʻrgan.

Nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:1906-yilda tugʻilganlar Turkum:1927-yilda vafot etganlar