Fujayra muzeyi — Birlashgan Arab Amirliklaridagi Fujayra amirligi tarkibiga kiruvchi Fujayra shahrida joylashgan arxeologiya va mahalliy tarix muzeyidir.
Tarixi 1969-yilda tangalar, dehqonchilik asboblari, sopol buyumlar va qurollar kabi koʻrgazmalar bilan kichik, bir xonali muzey tashkil etilgan. 1991-yil 27-mayda shayx Hamod bin Muhammad al-Sharqiy Fujayra amirligi uchun qadimiy obidalar va meros departamentini tashkil etish toʻgʻrisida farmon chiqardi. Bu farmonga muvofiq muzey va uning toʻplamiga xizmat koʻrsatish ham shu departament zimmasiga yuklatildi. 1991-yil 30-noyabrda Fujayra hukmdori muzeyni rasman ochdi. 1998-yilda Departament muzeyni kengaytirish rejasini yakunlab, qadimiy yodgorliklar uchun ikkita katta zal va meros uchun uchta zalni barpo etildi.
Umumiy maʼlumot Muzeyda mahalliy arxeologik topilmalar hamda tarixan, xususan, Fujayrada va umuman BAAda anʼanaviy turmush tarziga oid doimiy ekspozitsiyalar mavjud. Muzeyning birinchi koʻrgazma zali qishloq xoʻjaligi, baliqchilik, sopolchilik, savdo va toʻqimachilik kabi anʼanaviy mahalliy kasblarga oid meros buyumlarini namoyish etadi. Merosga bagʻishlangan ikkinchi zalda qadimiy qurollar, turli kiyim-kechaklar va uy-roʻzgʻor buyumlari koʻrsatiladi. Yana bir zalda ziravorlar doʻkoni va bozor kabi koʻrgazmalar joy olgan. Ekspozitsiyalar tarkibiga Al Badiya, Dibba al-Fujayra va Qidfadagi qabrlardan topilgan arxeologik topilmalar, jumladan, oʻq uchlari, karneol munchoqlar va idishlar kiradi. Muzeyda 2 100 ta artefakt va noyob qadimiy buyumlar mavjudFujairah museum to maintain heritage, Khaleejtimes.com.
Muzey Fujayra qalʼasiga yaqin joylashgan boʻlib, qalʼaga piyoda borish mumkin.
Galereya
Yana qarang Fujayra qalʼasi
Manbalar
Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muzeylar