Lokomotiv Toshkent professional futbol klubi — Toshkent shahrining futbol klubi hisoblanadi va Oʻzbekiston Oliy Ligasi ishtirokchisi. 2002-yilda tashkil topgan, Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi homiylik qiladi.
Tarixi Lokomotiv futbol klubi 2002-yil boshida Oʻzbekiston temir yoʻllari tomonidan tashkil etilgan. 2001-yilgi mavsumda Davr-Lokomotiv nomi ostida Oʻzbekiston chempionatining Ikkinchi ligasida ishtirok etgan. 2002-yilda klubning Birinchi ligada oʻynashi maʼqullandi. 2003-yilgi mavsumda Lokomotiv ikkinchi oʻrinni egalladi va Oliy ligaga yoʻllanma oldi.
2004-yildagi debyut chempionatida oltinchi oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogi chorak finaliga chiqdi. Marsel Idiatullin oʻsha mavsumda Lokomotivning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2005-yilda klub kuchli oʻntalikka kirdi va yana Kubok chorak finaliga chiqdi. Bu davrda Lokomotiv Oliy ligada oʻrtamiyona jamoa edi va 2009-yilgi mavsumda oʻzining eng yaxshi natijasini — 6-oʻrinni takrorladi.
2010-yil Lokomotiv uchun inqiroz yili boʻldi — Oliy ligada 13-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogi yarim finaliga chiqqan boʻlsa-da, Birinchi ligaga tushib ketdi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan soʻng, klub rahbariyati jamoani jiddiy kuchaytirishni maqsad qildi. Bir nechta tajribali xorijlik va mahalliy futbolchilar sotib olindi.
Keyingi mavsumda temiryoʻlchilar Birinchi ligada birinchi oʻrinni egallab, elitaga yoʻl olishdi. Zayniddin Tojiyev 30 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 2012-yilda klub rahbariyati chempionat yakunida kuchli beshta jamoa qatoridan joy olishni maqsad qilgan edi. Armanistonlik mutaxassis Xoren Oganesyan bosh murabbiy boʻldi. Natijada, Lokomotiv bronza medalini qoʻlga kiritdi va OChL saralash bosqichiga yoʻllanma oldi.
2013-yilda tojikistonlik mutaxassis Hakim Fuzaylov bosh murabbiy etib tayinlandi. OChL saralash bosqichida Lokomotiv BAAning Al-Nasr jamoasiga 2:3 hisobida yutqazdi. Oliy ligada ikkinchi oʻrinni egalladi va yana OʻFF Chempionlar Ligasi saralash bosqichiga yoʻllanma oldi. Ular shuningdek, 2013-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi yarim finaliga qadar yetib borishdi.
2014-yilda Lokomotiv OChL saralash bosqichi pley-off bosqichida Quvaytning Al-Quvayt jamoasiga 1:3 hisobida magʻlub boʻlgan va oʻz ishtirokini yakunlagan. 2014-yilgi chempionatda klub yana ikkinchi oʻrinni egalladi va finalda Bunyodkorni magʻlub etib, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi. 2015-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Lokomotiv ikkinchi urinishida Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi.
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Toshkent klubining C guruhidagi raqiblari orasida Eronning Fulad, Qatarning Al Sadd" va Saudiya Arabistonining Al-Hilol jamoalari bor edi. Lokomotiv toʻrt ochko bilan guruhda oxirgi oʻrinni egalladi.
2015-yilgi milliy chempionatda temiryoʻlchilar ketma-ket uchinchi marta 2-oʻrinni egallashdi va Oʻzbekiston kubogi yarim finalida Qarshining Nasaf jamoasiga yutqazishdi.
2016-yilgi mavsumda ishonchli oʻyin koʻrsatgan Lokomotiv milliy chempionat tugashiga bir tur qolganida raqiblari uchun daxlsiz boʻlib qoldi va klub tarixida birinchi marta Oʻzbekiston chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.
2017 va 2018-yilgi mavsumlarda klub Oʻzbekiston chempioni boʻldi. 2022-yilgi mavsumda Lokomotiv turnir jadvalida 12-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston Pro ligasiga tushib ketdi. 2023-yilgi mavsumda Pro liga chempioni boʻldi va 2024-yilgi Superligaga yoʻllanma oldi. 2024-yilgi Superliga mavsumi muvaffaqiyatsiz oʻtdi va oxirgi oʻrinni egallagan klub yana Pro ligaga tushib ketdi. Kubokda guruh bosqichidan oʻta olmadi. 2025-yilgi mavsumda yana Superligaga qaytdi. Mahalliy musobaqalar tarixi MavsumLigaKubokSuperkubokEng koʻp gol urganlarDivisionIsmiGollar2002Pro liga (2)32155124836 +12508—2003↑ Pro liga (2)2820357822 +56632Birinchi bosqich— 192004Superliga (1)26106103735 +2366Chorak final— 72005Superliga (1)2693143946–73010Chorak final— 112006Superliga (1)30108123955–16389Nimchorak final— 132007Superliga (1)3068162544–192614Guruh bosqichi— Ilhom Moʻminjonov52008Superliga (1)30114154138 +3378Guruh bosqichi— 92009Superliga (1)30119103440–6426Guruh bosqichi— Muzaffar Umrzoqov102010↓ Superliga (1)2665152038–182313Yarim final— 62011↑ Pro liga (2)30254110211 +91791Nimchorak final— Zayniddin Tojiev302012Superliga (1)2614754322 +21493Chorak final— Zayniddin Tojiev112013Superliga (1)2619346321 +42602Yarim final— Farhod Tojiyev172014Superliga (1)2620425821 +37642GʻolibIkkinchi oʻrin Farhod Tojiyev132015Superliga (1)3023526622 +44742Yarim finalGʻolib Sanjar Shoahmedov142016Superliga (1)3023527724 +53741Gʻolib— Temurxoʻja Abduxoliqov222017Superliga (1)3022446720 +47701Gʻolib— Marat Bikmayev272018Superliga (1)3220845917 +20681Chorak final— Marat Bikmayev142019Superliga (1)26131034017 +23492Nimchorak finalGʻolib Temurxoʻja Abduxoliqov112020Superliga (1)26105112838 −10359Nimchorak final — Temurxoʻja Abduxoliqov Marat Bikmayev62021Superliga (1)26116937 32 +5397 Nimchorak final— Temurxoʻja Abduxoliqov142022↓ Superliga (1)2666142236 −142412Chorak final — Jerome Etame52023↑ Pro liga (2)2015324011 +29481Nimchorak final — Rustam Soirov82024↓ Superliga (1)2656152844−162114Guruh bosqichi— Sardor Abdunabiyev62025↑ Pro liga (2)2012533715 +22411Guruh bosqichi— Muhriddin Zoirov11
GʻolibIkkinchi oʻrinUchinchi oʻrinKoʻtarilganPastga tushirilgan
OFK musobaqalaridagi ishtiroki
Musobaqa Oʻ Yu D M GU GQ AFC Osiyo Chempionlar ligasi 37 9 11 17 51 57 Hammasi 37 9 11 17 51 57
AFC Sana Raund Natija Jamoa Joyi Mavsumi 2013-yil 9-fevral Play-off2-3 Al-Nasr Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 2013-yilgi AFC Chempionlar ligasi 2014-yil 9-fevral Play-off1-3 Al-Kuwait Tashkent, Uzbekistan 2014-yilgi AFC Chempionlar ligasi 2015-yil 25-fevral Guruh bosqichi1-3 Al-Hilal Riyod, Saudiya Arabistoni 2015-yilgi AFC Chempionlar ligasi 2015-yil 4-mart 1-1 Foolad Toshkent, Oʻzbekiston 2015-yil 17-mart 2-6 Al-Sadd Doha, Qatar 2015-yil 8-aprel 5-0 Al-Sadd Toshkent, Oʻzbekiston 2015-yil 21-aprel 1-2 Al-Hilal Toshkent, Oʻzbekiston 2015-yil 5-may 0-1 FooladAhvaz, Iran 2016-yil 23-fevral Guruh bosqichi1-1 Al-Ittihod Toshkent, Oʻzbekiston 2016-yilgi AFC Chempionlar ligasi 2016-yil 1-mart 1-1 Al-Ittihod Jidda, Saudiya Arabistoni 2016-yil 15-mart 2-0 Sepahan Isfahan, Eron 2016-yil 6-aprel 1-0 Sepahan Toshkent, Oʻzbekiston 2016-yil 20-aprel 1-1 Al-Nasr Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 2016-yil 4-may 0-0 Al-Nasr Toshkent, Oʻzbekiston 2016-yil 17-may Nim chorak final0-0 Al-Hilal Riyod, Saudiya Arabistoni 2016-yil 24-may 2-1 Al-Hilal Toshkent, Oʻzbekiston 2016-yil 23-avgust Chorak final0-0 Al-Ain Al Ayn, Birlashgan Arab Amirliklari 2016-yil 13-sentyabr 0-1 Al-Ain Toshkent, Oʻzbekiston 2017-yil 20-fevral Guruh bosqichi0-1 Al-Taawoun Burayda, Saudiya Arabistoni 2017-yilgi AFC Chempionlar ligasi 2017-yil 27-fevral 2-0 Al-Ahli Toshkent, Oʻzbekiston 2017-yil 13-mart 0-2 Esteghlal FC Tehron, Eron 2017-yil 11-aprel 1-1 Esteghlal FC Toshkent, Oʻzbekiston 2017-yil 25-aprel 4-4 Al-Taawoun Toshkent, Oʻzbekiston 2017-yil 9-may 0-4 Al-Ahli Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 2018-yil 12-fevral Guruh bosqichi5-0 Al-Wahda Toshkent, Oʻzbekiston 2018-yilgi AFC Chempionlar ligasi 2018-yil 19-fevral 0-2 Zob Ahan Isfahan, Eron 2018-yil 6-mart 2-3 Al-Duhail Doha, Qatar 2018-yil 12-mart 1-2 Al-Duhail Toshkent, Oʻzbekiston 2018-yil 3-aprel 4-1 Al-Wahda Abu Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari 2018-yil 17-aprel 1-1 Zob Ahan Toshkent, Oʻzbekiston 2019-yil 4-mart Guruh bosqichi2-0 Al-Wahda Toshkent, Oʻzbekiston 2019-yilgi AFC Chempionlar ligasi 2019-yil 11-mart 1-2 Al-Rayyan Doha, Qatar 2019-yil 9-aprel 2-3 Al-Ittihod Jidda, Saudiya Arabistoni 2019-yil 22-aprel 1-1 Al-Ittihod Toshkent, Oʻzbekiston 2019-yil 7-may 1-3 Al-Wahda Abu Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari 2019-yil 21-may 3-2 Al-Rayyan Toshkent, Oʻzbekiston 2020-yil 21-yanvar 2-saralash bosqichi0-1 Istiqlol Dushanbe Toshkent, Oʻzbekiston 2020-yilgi AFC Chempionlar ligasi
Yutuqlari Oʻzbekiston Superligasi
Chempion: 2016, 2017, 2018 Kumush medal sohibi (4 marta): 2013, 2014, 2015, 2019. Bronza medali sohibi (1 marta): 2012
Oʻzbekiston Pro ligasi
Gʻoliblar: 2011, 2023 Birinchi liganing kumush medali sohibi (1 marta): 2003-yil.
Oʻzbekiston kubogi
Gʻoliblar: 2014, 2016, 2017
Oʻzbekiston Superkubogi
Gʻoliblar: 2015, 2019 Finalchi (1 marta): 2014-yil.
Oʻzbekiston PFL kubogi
Finalchi (1 marta): 2011-yil
Osiyo Chempionlar Ligasi
1/4 final (1 marta): 2016-yil.
Stadion Klub tashkil etilgan vaqtida oʻz uy uchrashuvlarini Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari instituti stadioni TTYMI stadionida oʻtkazdi. 2009-yilda "Lokomotiv Toshkentning „Traktor“ stadioni oʻrnida yangi 8000 oʻrinli arena, „Lokomotiv“ stadioni qurilishini boshladi va 2012-yil bahorida taʼmirlash ishlari yakunlandi. Sport majmuasi tarkibida sport inshootlari, mehmonxona va 270 oʻrinli avtoturargoh mavjud."V Uzbekistane do marta 2013 goda postroyat i rekonstruiruyut 8 stadionov 24 yanvarya 2011, Yangi stadion 2012-yilning 11-may kuni Oʻzbekiston Oliy ligasining rasmiy 2012-yilgi „Lokomotiv“ — „Andijon“ uchrashuvi bilan ochilgan edi. Hozir „Lokomotiv“ oʻz uy uchrashuvlarini „Lokomotiv“ stadionida ham oʻtkazmoqda.TTYMI stadionida esa Lokomotiv Yoshlar jamoasi tarkibi va ayollar jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazmoqda.
Homiylar „Lokomotiv“ futbol klubi homiysi „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ milliy temir yoʻl tashuvchisidir. „Lokomotiv“ futbolkalari 2013-yilgacha ishlab chiqaruvchi Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan. 2013-yilning fevral oyida klub Joma bilan klubning yangi forma ishlab chiqaruvchisi sifatida shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi. DavrToʻplam ishlab chiqaruvchisiKoʻylak hamkori2002—2012AdidasOʻzbekiston temir yoʻllari2013—2017 yillarJoma2018—OrientFinansBank
Jamoa tarkibi
Hozirgi tarkibi holatiga koʻra
U21
U19
Klub hodimlari
Boshqaruv PrezidentSeidullaev Zokir IkromovichVitse PrezidentToʻlabek AkramovSport direktoriRavshan MuqimovJamoa BoshligʻiQobuljon YunusovPR menejeriMaʼmurjon MamadaliyevOAV xodimiXayrulla XoliqovFotosuratchiMirjalol Normatov
Murabbiylar shtabi LavozimIsmMenejer Mirko JeličićYordamchi murabbiy Jamshid SaidovMurabbiy Sadriddin AbdullayevDarvozabonlar murabbiyi Alisher AhmedovKlub shifokori Abror Pirriev
Boshqaruv tarixi
IsmiMurabbiylik davri Anvar Jabborov2002 Toʻraberdi Shaymardanov2003 Andrey Miklyayev2004 Rustam Mirsodiqov2005 Toʻraberdi Shaymardanov2005 Ravshan Muqimov2006 Vyacheslav Soloxo2007 Ravshan Bozorov2007 Ravshan Muqimov2007 Sergey Kovshov2008 Ravshan Muqimov2008 Vadim Abramov2009 — 2010 Marat Miftaxutdinov2010 Andrey Miklyayev2010 Toshmurod Ogʻamurodov2010
IsmiMurabbiylik davri Ravshan Muqimov2011 Xoren Oganesyan2012 Ravshan Muqimov2012 Hakim Fuzaylov2013—2014 Vadim Abramov2014—2015 Mirko Jeličić2015—2018 Andrey Fyodorov2018—2019 Samvel Babayan2019 Andrey Fyodorov2020 Temur Kapadze2020 Micael Sequeira2021 Denis Korostichenko2021—2022 Mirko Jeličić2022 Server Jeparov2022 Denis Korostichenko2022—2023 Yorqin Nazarov2024 Aleksandr Krestinin2024 Grigoriy Kolosovskiy2024—2025 Mirko Jeličić2025—
Mashhur futbolchilar „Lokomotiv“da oʻynagan mashhur futbolchilar
; Oʻzbekiston Ignatiy Nesterov Oleg Zoteyev Temur Kapadze Aleksandr Geynrix Server Jeparov Anzur Ismoilov Sardor Rashidov Ivan Nagayev Sardor Mirzayev Jaloliddin Masharipov Jamshid Iskanderov Javlon Ibrohimov Husniddin Gʻofurov Ikrom Aliboyev Marat Bikmayev Vadim Afonin Sadriddin Abdullayev Islom Toʻxtaxoʻjayev Jasur Hasanov Azizbek Haydarov Viktor Karpenko''' ; Yevropa Ruslan Koryan Jora Oganesyan Romik Khachatryan Aram Voskanyan Nemanja Janičić Mohammad Bindi Mustaffa Kaxa Maxaradze Péter Vörös Artūras Fomenka Andrey Kojokari Alexandru Onica Slaven Stjepanović Damir Kojašević Slavko Damjanović Aleksandr Filimonov Alan Kusov Nikolay Pogrebnyak Kirill Pogrebnyak Yevgeniy Gogol Igor Jelić Nenad Petrović Jovan Đokić Filip Rajevac Ivan Kucherenko Vyacheslav Shevchenko Sergey Litovchenko ; Shimoliy va Janubiy Amerika Everton Kavalkante Nivaldo Rodrigues