Tayvan koʻmir koni muzeyi () Tayvanning Yangi Taypey shahri, Pinsi tumanidagi koʻmir qazib olish haqidagi muzeydir.
Tarixi Muzey joylashgan hudud ilgari Tai-Yiang Mining Inc kompaniyasining Pinsi davrining soʻnggi bosqichida faoliyat yuritgan Yangi Pinsi koni nomli koʻmir qazib olish hududi boʻlgan. U 1965-yilda birinchi marta ochilgan va birinchi koʻmir 1967-yilda qazib olingan. 1997-yilda esa import qilinadigan koʻmirning Tayvandagi narxi raqobatbardosh boʻlib qolganligi sababli, bu yerda konchilik faoliyati toʻxtatilgan. Temiryoʻl ixlosmandlari va koʻmir sanoatiga befarq boʻlmagan boshqa hamkorlar yordami bilan janob Gong Yung-tsang ushbu tarixiy hududda inshootlar qurishni boshladi va 2001-yilda ombor maydonini muzey kirish qismiga aylantirgan holda muzeyni tashkil qildi.
Oʻn yillab olib borilgan qazish ishlari davomida bu yerda tonnalab qoldiq qoplama jinslari toʻplangan va 140metr balandlikdagi tosh togʻini vujudga keltirgan. Maydalanma jinslarni mahkam ushlab qoladigan oʻsimlik qoplami yetishmasligi sababli, 2005-yil iyuloyida tosh togʻining bir tomoni qulab tushgan va natijada „Tashlandiq tosh togʻi“ hosil boʻlgan.
Koʻrgazmalar Kon lokomotivi Yirik konchilik uskunalari Kichik koʻrgazma zali Imitatsion shaxta.
Transport Muzeyga Tayvan temir yoʻlining Shifen stansiyasidan shimoli-sharqda piyoda yurib borish mumkin .
Manbalar
Turkum:Tayvandagi muzeylar