Nico and the Niners — amerikalik Twenty One Pilots musiqiy dueti tomonidan yozilgan va ijro etilgan qoʻshiq. U 2018-yil 11-iyulda guruhning beshinchi studiyaviy albomi — „Trench“ning yetakchi singllardan biri sifatida, „Jumpsuit“ qoʻshigʻi bilan bir vaqtda chiqarilgan. Qoʻshiq AQShning Billboard Hot 100 xit-paradida 79-oʻringa qadar koʻtarilgan.

Kompozitsiya „Nico and the Niners“ — davomiyligi 3 daqiqa 47 soniyani tashkil etuvchi reggi, rep, rok va psixodelik janrlaridagi qoʻshiq. Asar la minor tonalligida yozilgan boʻlib, tempi daqiqasiga 140 zarbni tashkil etadi.

Musiqiy videosi „Nico and the Niners“ qoʻshigʻi uchun ishlangan musiqiy videoklip 2018-yil 26-iyulda eʼlon qilingan. Klipga Andrew Donoho rejissyorlik qilgan. U avval ham „Trench“ trilogiyasiga kiruvchi boshqa videokliplarning ham rejissyori boʻlgan. Klip suratga olish ishlari Ukrainaning Xarkov va Kyiv shaharlarida olib borilgan.

Videoda Clancy (rolni Tyler Joseph ijro etgan) ryukzagiga buyumlarini joylab, Dema shahrining xiralashgan markaziy maydonida mash’albardor (rolni Josh Dun ijro etgan) bilan uchrashadi. Ular qoʻl berib koʻrishgach, sariq rangli kiyim va atributlar taqqan isyonchilar guruhi — „Banditos“ safiga qoʻshilib, qoʻshiqni ijro etadilar. Videoklip voqealari ushbu sirli syujet va qizil kiyim hamda qalpoqli yovuz shaxslar — yepiskoplar faoliyati oʻrtasida almashib turadi. Klip yakunida ikki nafar bola „Banditos“ aʼzolaridan birining yoʻqolgan jihozlarini topib oladi. Biroq ular ortlariga oʻgirilganida, Dema hukmdorlari boʻlgan toʻqqiz nafar yepiskopning oʻzlariga tomon yaqinlashib kelayotganini koʻradi.

Tijoriy natijalar „Nico and the Niners“ AQShdagi Bubbling Under Hot 100 xit-paradida 6-oʻrinda va Hot Rock Songs reytingida 9-oʻrinda debyut qilgan. Qoʻshiqning ilk haftadagi savdosi 19 ming nusxani tashkil etgan. Keyinchalik qoʻshiq Billboard Hot 100 chartida 79-oʻringa qadar koʻtarilgan. Shuningdek, u Hot Rock Songs chartida 7-oʻringa, Buyuk Britaniyaning UK Singles Chart xit-paradida esa 88-oʻringa qadar yetib borgan.

Treklist

Chartlar

Haftalik chartlar Chart (2018) Eng yuqorioʻrni International Digital Singles (IFPI) 46 Hot Singles (RMNZ) 7

Yillik chartlar Chart (2018) Oʻrni US Hot Rock Songs (Billboard) 21

Manbalar

Turkum:Twenty One Pilots qoʻshiqlari Turkum:2018-yil qoʻshiqlari Turkum:2018-yil singllari Turkum:Tyler Joseph tomonidan yozilgan qoʻshiqlar