Mirko Vučinić (; 1983-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) — chernogoriyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, shuningdek, Chernogoriya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi. Tezkor, koʻp qirrali va jismonan kuchli Vučinić futbolchi sifatida oʻzining ijodkorligi, texnikasi va intellekti, shuningdek, uzoq masofadan yoʻllaydigan kuchli zarbalari bilan tanilgan edi.
Italiyaning „Lechche“ klubi sport direktori Pantaleo Corvinoning eʼtiborini tortgach, u 2000-yilning yozida ushbu klubga koʻchib oʻtgan. U „Lecce“ A va B Seriyalari oʻrtasida harakatlanib yurgan paytlarda jamoa sharafini himoya qilgan. Uning eng sermahsul mavsumi 2004–05-yillarga toʻgʻri kelib, u A Seriyaning 28 oʻyinida 19 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. 2006-yilda u „Roma“ga qoʻshilgan va u yerda ikki marta Italiya kubogini qoʻlga kiritgan; keyinchalik 2011-yilda „Juventus“ga oʻtgan va u yerda ketma-ket uch marta A Seriya chempioni boʻlgan. 2014-yilning iyul oyida u nomaʼlum transfer qiymati evaziga „Al-Jazira“ga koʻchib oʻtgan.
Xalqaro maydonda Vučinić Serbiya va Chernogoriyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan. Jarohati tufayli u 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida Serbiya va Chernogoriya sharafini himoya qila olmagan. 2006-yilning may oyida Serbiya va Chernogoriya ajralganidan soʻng, Vučinić oʻz vatani Chernogoriya sharafini himoya qilishni tanladi.
Golfdagi faoliyati 2018-yilda Vučinić Tivatda joylashgan Princess Milica golf klubi a’zosi sifatida golf karyerasini boshladi.
Yutuqlar Roma Italiya kubogi: 2006–07, 2007–08 Italiya superkubogi: 2007 Yuventus A Seriya: 2011–12, 2012–13, 2013–14 Italiya superkubogi: 2012, 2013 Shaxsiy
Chernogoriyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2006, 2007, 2008, 2010, 2011, 2012, 2013 BAA Pro-ligasining eng yaxshi to‘purari: 2014–15
Manbalar
Havolalar
Mirko Vučinić profile, career timeline and detailed statistics
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FK Sutjeska Nikšić futbolchilari Turkum:US Lecce futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:Al Jazira Club futbolchilari Turkum:Serbiya va Chernogoriya Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya va Chernogoriylik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ikki mamlakat terma jamoasida oʻynagan futbolchilar (erkaklar futboli) Turkum:Serbiya va Chernogoriya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Serbiya va Chernogoriya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Chernogoriya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Chernogoriyalik futbol murabbiylari Turkum:Chernogoriya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari