Islomiy taqvim — milodiy 638-yili xalifa Umar (milodiy 592—644 yillar), roziyallohu anhu, tomonidan joriy qilingan. Ushbu taqvim qamariy boʻlib, oy harakatiga asoslangan edi. Umar, roziyallohu anhu, ushbu taqvimni oʻz davrida amalda boʻlgan turli taqvimlar oʻrtasida yuzaga kelayotgan ziddiyatlarni bartaraf etish uchun joriy qilgan. Umar, bir necha sahobalar bilan maslahatlashib, yil boshi sifatida hijrat yilini tanlashga qaror qilishgan. Taqvimning boshlanish nuqtasi sifatida Hijrat qilingan yilning 1 Muharram kuni tanlangan. Hijriy sana, odatda Gʻarb adabiyotida A. H. deb qisqartirib yoziladi(Bu lotincha „Anno Hegirae“ soʻzining qisqartmasidir. Birinchi Hijriy sananing birinchi Muharram kuni (Muharram 1, 1 A. H.) Grigorian taqvimida 622-yil 16-iyulga toʻgʻri keladi). Paygʻambar Muhammadning, Makkadan Madinaga hijratlari esa Grigorian taqvimining 622-yil sentyabr oyiga toʻgʻri keladi.
Taqvimning tarkibi Islomiy taqvim (Hijriy taqvim) 12 oydan iborat: Muharram — Safar — Rabiulavval — Rabiussoni — yoki rabiuloxir Jumodilavval — Jumodissoni — yoki jumodiloxir Rajab — Shaʼbon — Ramazon — Shavvol — Zulqaʼda — Zulhijja —
Hijriy yildagi muhim sanalar 1 Muharram — yil boshi; 27 Rajab — Isro va Meroj hodisasi; 1 Ramazon — tutilishi farz boʻlgan roʻzaning birinchi kuni; 17 Ramazon — Qur’onning nozil boʻlishi boshlagan kun; Ramazonning oxirgi 10 kechasi — Laylat ul-qadr kutiladigan kechalar; 1 Shavvol — Iyd al-Fitr, Ramazon Hayiti; 8-10 Zul-hijja — Haj kunlari; 10 Zul-hijja — Iyd al-Adha, Qurbon Hayiti.
Turkum:Islom Turkum:Taqvimlar Turkum:Islomiy taqvim