Estoniya (), Estoniya Respublikasi — Sharqiy Yevropada, Boltiq dengizi boʻyidagi davlat. Maydoni — 45 227 ming km². Aholisi — 1 373 101 kishi (2024). Poytaxti — Tallin shahri. Maʼmuriy jihatdan 15 ta uyezdga boʻlinadi.
Hozirgi Estoniyada miloddan avvalgi 9000-yildan beri odamlar yashab kelgan. Estoniyaning oʻrta asrlardagi tub aholisi XIII asrda Shimoliy salib yurishlaridan keyin nasroniylikni qabul qilgan Evropadagi soʻnggi butparast sivilizatsiyalardan biri edi ."Mamlakat profili — LegaCarta" . 2019-yil 26-noyabrda olindi . Tevton ordeni, Daniya, Shvetsiya va Rossiya imperiyasi tomonidan olti asrdan ortiq hukmronlik qilganidan soʻng, XIX asr oʻrtalarida alohida eston milliy oʻziga xosligi qayta paydo boʻla boshladi. Bu 1918 yilda Estoniyaning oʻsha paytdagi urushayotgan Rossiya va Germaniya imperiyalaridan mustaqillik deklaratsiyasi bilan yakunlandi . Urushlararo davrning koʻp qismida demokratik boʻlgan Estoniya Ikkinchi jahon urushi boshlanishida betaraflikni eʼlon qildi, biroq mamlakat bir necha bor bahslarga duch keldi, bosqinchilikka duchor boʻldi va ishgʻol qilindi; dastlab 1940-yilda Sovet Ittifoqi tomonidan, keyin 1941-yilda fashistlar Germaniyasi tomonidan va oxir-oqibat 1944-yilda maʼmuriy boʻlinma (Estoniya SSR) sifatida SSSR tomonidan qayta bosib olindi va unga qoʻshildi . 1944–91-yillardagi Sovet istilosi davomidaMisol uchun, Yevropa Parlamenti tomonidan bildirilgan pozitsiyaga qarang, u „bu ilgari mustaqil va betaraf boʻlgan davlatlarning Sovet Ittifoqi tomonidan bosib olinishi 1940 yilda Molotov/Ribbentrop paktidan keyin sodir boʻlgan va hozir ham davom etmoqda“. „Estoniya, Latviya, Litvadagi vaziyat boʻyicha rezolyutsiya“. Yevropa hamjamiyatlarining rasmiy jurnali. C 42/78. Estoniya de-yure davlatning uzluksizligi diplomatik vakillar va surgundagi hukumat tomonidan saqlanib qolgan . Sovet hokimiyatiga qarshi 1988–90-yillardagi " Qoʻshiqchi inqilob „dan soʻng 1991-yil 20-avgustda xalqning toʻliq mustaqilligi tiklandi.
Estoniya yuqori daromadli ilgʻor iqtisodiyotga ega rivojlangan davlat va Yevrozona aʼzosi . Bu demokratik unitar parlamentar respublika boʻlib, maʼmuriy jihatdan 15 ta maakondga (okrugga) boʻlingan . 1,37 million aholi bilan u Yevropa Ittifoqi va NATOning eng kam aholiga ega aʼzolaridan biri hisoblanadi. Estoniya dunyodagi eng kam korruptsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi va sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari orasida korrupsiya darajasi eng past. Estoniya hayot sifati, taʼlim,“Piza reytingi: nega estoniyalik o'quvchilar global testlarda porlashmoqda" . BBC News'. 2-dekabr 2019-yil. matbuot erkinligi, davlat xizmatlarini raqamlashtirish"Estoniya 2020-yilda BMTning elektron hukumat boʻyicha soʻrovi boʻyicha 3-oʻringa kirdi" . e-Estoniya. 24-iyul 2020-yil.Xarold, Tereza (2017 yil 30 oktyabr). „Qanday qilib sobiq Sovet davlati dunyodagi eng rivojlangan raqamli davlatlardan biriga aylandi“. Alphr. 2021-yil 29-noyabrda olindi. va texnologiya kompaniyalarining tarqalishi boʻyicha xalqaro reytinglarda doimiy ravishda yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda."Mamlakatlar boʻyicha aholi jon boshiga yangi tashkil etilgan korxonalar soni". 2020.stateofeuropeantech.com.
Davlat tuzumi Estoniya — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 3-iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-yildan Arnold Ryuytel), u Davlat kengashi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Ketma-ket ikki muddatga saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament — Davlat kengashi (Riigikogu), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati Estoniya hududi Sharqiy Yevropa tekisligining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Estoniya qirgʻoq chizigʻining uzunligi 3780 km. Qirgʻoqlari, ayniqsa, gʻarbiy va shimoli-gʻarbi koʻp parchalangan, qoʻltiq va qoʻltiqchalar koʻp. Estoniya hududida 1500 dan ortiq orol va orolcha bor. Yer yuzasining katta qismi pasttekislik (oʻrtacha balandligi 50 m). Gʻarbiy qismi va Gʻarbiy Estoniya arxipelagi orollari hamda sharqiy chekkasi (Chud koʻli sohili)ning aksariyat qismi pasttekislik (eng yirigi torfli botqoqliklardan iborat Gʻarbiy Estoniya pasttekisligidir). Estoniyaning shimoliy va markaziy qismi balandligi 160 m gacha boʻlgan toʻlqinsimon tekislik. Virtsʼyarv qoʻlidan janubi-sharqda Estoniya hududining eng baland qismi — Xaanya (balandligi 318 m), Otepya qirlari, ulardan gʻarbda Sakala qiri bor. Shimoliy va markaziy qismida morena yotqizigʻi bor. Asosiy qazilma boyliklari: yonuvchi slanets, fosforit, qurilish materiallari, torf, sapropel, shifobaxsh balchiqlar. Iklimi dengiz ikdimidan kontinentallikka oʻtuvchi oraliq iqlim, sharqi va janubi-sharqida kontinentallik ortib boradi. Tallinda fevralning oʻrtacha temperaturasi — 5,5 °C, iyulniki 16,6 °C. Yillik yogʻin 600–700 mm; eng koʻp yogʻin janubi-sharqda yogʻadi. Estoniyada suv tarmoqlari zich; 420 daryo bor. Barcha daryolarning umumiy uzunligi 31,2 ming km. Eng yiriklari: Pyarnu, Emayigi, Narva, Kazari. Estoniya koʻl va suv omborlari maydoni boʻyicha Boltiq boʻyi davlatlari orasida 1-oʻrinda turadi; umumiy maydoni 2130 km²dan ortiq 1000 dan ziyod koʻl va suv omborlari bor. Eng yirik koʻllari: ChudPskov, Virtʼsyarv. Narva suv ombori bor. Tuproqdari, asosan, chimlipodzol, chimli karbonatli, botqoqlashgan va botqoq tuproqlar. Estoniya aralash oʻrmonlar zonasida joylashgan. Hududining 40% oʻrmon; uning 2/3 qismi igna bargli daraxtlar (qaragʻay, qoraqaragʻay). Shimoli-gʻarbiy qismi va orollarda keng oʻtloqlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil: sut emizuvchilardan los, yelik, qobon, malla quyon, oq quyon, boʻri, tulki; qushlardan qur, kaklik, karqur, bulduruq, ivolga va boshqalar yashaydi. Dengiz sohilida uchib oʻtadigan qushlar (gʻoz, oʻrdak, oqqush, gagara) qoʻp. Dengizning sohilga yaqin suvlari ovlanadigan baliq turlariga boy. Estoniya hududida Viydumyae, Vilsandi, Matsalu, Nigula qoʻriqxonalari, Laxemaas milliy bogʻi bor.
Aholisi Asosiy aholisi estonlar; shuningdek, rus, ukrain, belorus, fin va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — eston tili. Dindorlarning aksariyati lyuteranlar va pravoslavlar. Shahar aholisi 71,5%. Yirik shaharlari: Tallin, Tartu, Narva.
Tarixi Miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda Estoniya hududida finugor qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalarida jezdan, birinchi ming yillik oʻrtalarida esa temirdan asboblar ishlangan. Shu davrga kelib boltiq boʻyi fin qabilalari (estlar va livlar)ning uyushuvi boshlandi. ikkinchi ming yillik boshida savdo markazlari, gavanlar [Tallin, Tartu (Yuryev)] paydo boʻldi. qadimiy qabilalarning hududiy uyushmasi va ularning ittifoqi vujudga keldi. Eston elati shakllana boshladi. 1030—61 yillarda Estoniyaning janubi-sharqiy qismi Kiyev Rusiga qaram boʻldi. XIII asrdan boshlab nemislar, keyinchalik daniyaliklar agressiyasi natijasida Estoniyada davlat shakllanishi jarayoni toʻxtab qoldi. XIII asrning ikkinchi yarmi — XVI asrning oʻrtalarida nemis salibchilari tomonidan bosib olingan Estoniya hududi Livoniyaning bir qismi boʻlib qoldi. 1558-yil yanvarda Rossiya Livon urushiii boshladi. Rus qoʻshinlaridan yengilgan Livon ordeni tarqalib ketdi. 1572—77 yillarda Rossiya Estoniyaning barcha qismini (Tallin va orollardan tashqari) bosib oldi, ammo Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻshinlariningʻ qarshi hujumi (1580— 81) natijasida Shimoliy Estoniya (Estlyandiya) Shvetsiyaga, Janubiy Estoniya Rech Pospolitaga oʻtdi, Saaremaa o. Daniyada qoldi. Shvetsiya bilan Rech Pospolita oʻrtasidagi urushlar (1600— 11, 1617—29) natijasida 1625-yilga kelib Shvetsiya Estoniyaning barcha materik qismini bosib oldi. 1645-yil Saaremaa o. ham Shvetsiyaga oʻtdi. 1656—58 yillarda Rossiya — Shvetsiya urushlari oqibatida Sharqiy Estoniya Rossiyaga qoʻshib olindi, ammo 1661-yil urushdan avvalgi chegara qayta tiklandi. Shvetsiyaga qarashli Boltiq boʻyi Estlyandiya (Shimoliy Estoniya) va Liflyandiya (Janubiy Estoniya va Shimoliy Latviya) guberniyalariga boʻlindi. Shimoliy urush (1700—21) natijasida Estoniyaning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. Bu 1721-yilgi Nishtadt sulh shartnomasi bilan rasman tasdiqlandi. 1917-yil aprelda eston yerlari muxtoriyat maqomidagi alohida provinsiya qilib ajratildi. 1917-yil oktabr oxirida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918-yil 24-fevralda Estoniya mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918-yil 29-noyabrdan 1919-yil 5-iyungacha Estoniya sovet respublikasi (Estlyandiya mehnat kommunasi nomida) mavjud boʻldi. 1919-yil 19-mayda Taʼsis majlisi Estoniya respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi; 1934-yil martda davlat toʻntarishi amalga oshirildi va diktatura oʻrnatildi, parlament tarqatib yuborildi. 1935-yil barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. 1940-yil iyulda Estoniya hududiga sovet qoʻshinlari kiritiddi. 1940-yil 21-iyulda Estoniya SSR tuzildi. 1940-yil 6-avgustda SSSR tarkibiga qoʻshib olindi va estonlarning bir qismi deportatsiya qilindi. 1941-yil dekabrdan nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi; 1944-yil ozod qilindi. 1988-yil 1—2-dekabrda Estoniya xalq fronti tuziddi; u oʻz oldiga Estoniya mustaqilligini tiklash vazifasini qoʻydi. 1990-yil 8-mayda Estoniya SSR Oliy Kengashi Estoniya Respublikasini eʼlon qildi. 1991-yil 20-avgustda Estoniya Oliy Kengashi Estoniya Respublikasining milliy mustaqilligi toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Estoniya 1991-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1994-yil 10-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 24-fevral — Mustaqillik kuni (1918).
Asosiy siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari "Respublika" partiyasi, 2001-yil dekabrda tuzilgan; Estoniya birlashgan xalq partiyasi, 1994-yil tashkil etilgan; Islohotlar partiyasi, 1994-yil asos solingan; Moʻʼtadillar partiyasi, 1996-yil tuzilgan; Vatan ittifoqi, 1995-yil tashkil etilgan; Estoniya sentristlar partiyasi, 1992-yil asos solingan; Estoniya xalq ittifoqi, 2000-yil tuzilgan. Estoniya kasaba utoshmalari markaziy ittifoqi, 1989-yil dekabrda tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti Estoniya — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 24,3%, qishloq xoʻjaligi 6,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 69,5% ni tashkil etadi. Iqtisodiyotda slanets va fosforit qazib olish muhim oʻrin tutadi.
Sanoati mahalliy tabiiy resurslar, birinchi navbatda foydali qazilmalar hamda oʻrmon va dengiz boyliklari, qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan foydalanish asosida rivojlanmoqda. Slanets qazib olish va uni qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik (elektrotexnika, radiotexnika, priborsozlik va kema taʼmirlash), kimyo (mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, yuvuvchi vositalar ishlab chiqarish), yogʻochsozlik, mebel, sellyulozaqogʻoz, yengil (toʻqimachilik va boshqalar) va oziqovqat (goʻsht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish) sanoatning yetakchi tarmoqlaridir. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 9,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.
Qishloq xoʻjaligi goʻsht-sut chorvachiligi (qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi) va tuzlangan hamda dudlangan choʻchqa goʻshti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Dehqonchilikda donli (42,2%; bugʻdoy, arpa, javdar) va yemxashak ekinlar, kartoshka, sabzavot ekiladi. Parrandachilik, moʻynali darrandachilik va asalarichilik rivojlangan.
Transporti Transportining asosiy turlari transport yoʻli va avtomobil transporti. Transport yoʻli uzunligi 1,02 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 15 ming km (hammasi qattiq qoplamali). Asosiy dengiz portlari — Tallin, Novotallinskiy. Emayigi daryosida kema qatnaydi. Estoniya chetga elektrotexnika va radioelektronika sanoati mahsulotlari, sanoat jihozlari, ximikatlar, oziqovqat va isteʼmol mollari, oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft va gaz, mashinasozlik sanoati mahsulotlari, xom ashyo oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Sharqiy va Gʻarbiy Yevropa davlatlari va boshqalar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — eston kronasi.
Tibbiy xizmati