Myanma, Myanma Ittifoqi Respublikasi (; ) – Janubiy-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni - 678,5 ming km². Aholisi - 42 mln. kishi (2002). Poytaxti – Neypido shahri. Maʼmuriy jihatdan 7 ta viloyat va 7 maʼmuriy viloyatga boʻlinadi.
Davlat tuzumi Myanma – respublika. 1994-yil 9-apreldagi Myanma Ittifoqi Respublikasi konstitutsiyasi amal qiladi. Konstitutsiyaga binoan, davlat boshligʻi – prezident, qonun chiqaruvchi hokimiyat – Millat majlisi; ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Parlament saylovigacha davlat va qonun chiqaruvchi hokimiyatning oliy organi Tinchlik va taraqqiyot davlat kengashidir.
Davlat toʻntarishi va namoyishlar Davlat toʻntarishiga 2020-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlari paytida saylovchilar roʻyxatlarining soxtalashtirilishi sabab boʻlgan . Harbiylarning saylovlardagi firibgarlikni tekshirish boʻyicha talablariga saylov komissiyasi, prezident va parlament javob berishdan bosh tortgan. Shu bois harbiylar hokimiyatni egallashga va demokratiya nomidan favqulodda holat joriy etishga qaror qilgan. Saylovlarda rahbarlari harbiylar tomonidan hibsga olingan hukmron „Milliy Liga demokratiya uchun“ partiyasi gʻalaba qozongan. Natijada hokimiyat Myanma qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni Min Aun Xlaynga oʻtgan.
2021-yil 1-fevral kuni harbiylar Myanmadagi hokimiyatni qoʻlga kiritishdi va boshqalar qatorida Prezident Vin Min va Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori, davlat maslahatchisi Aun San Su Jini hibsga olishdi. Mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilindi. Harbiy toʻntarishdan soʻng fevral oyining boshida ommaviy norozilik va ish tashlashlar boshlangan Myanmada internet deyarli butunlay uzib qoʻyildi.
Xavfsizlik xizmati xodimlari yakshanba kuni shimoliy Kachin shtati poytaxti Michina shahrida namoyishchilarni tarqatib yuborish paytida oʻq uzishgan. Baʼzi yirik shaharlarda, shu jumladan Yangonda harbiy texnikadan foydalanilgan. Hokimiyatning harbiylar tomonidan egallab olinishiga rozi boʻlmagan aholi ommaviy ish tashlash oʻtkazdi. Bozorlar va supermarketlar, shuningdek, yirik savdo markazlari butun mamlakat boʻylab oʻz faoliyatini toʻxtatdi .
2021-yil 3-mart sanasi Myanmada harbiylar hokimiyatni qoʻlga kiritgan 1-fevraldan buyon qayd etilgan eng qonli kun boʻldi. Mamlakatda harbiy toʻntarish boshlanganidan buyon hammasi boʻlib 38 kishi vafot etgan, 1200 dan ortiq odam hibsga olingan. Birgina 3-mart kuni namoyishchilarni tarqatish paytida xavfsizlik kuchlari kamida 23 kishini otib oʻldirgan, 100 ga yaqin odam jarohat olgan, oʻldirilganlarning aksariyati boshidan oʻq yegan .
1-fevraldan buyon hukumatning harbiylar tomonidan egallab olinishiga qarshi oʻtkazilayotgan namoyishlarda kamida 840 kishi halok boʻldi. Namoyishlarni bostirish paytida minglab odamlar jarohatlangan, harbiylarning hokimiyatda qolishiga qarshi oʻz noroziligini bildirgan 4500 ga yaqin fuqaro, jumladan, siyosatchilar, inson huquqlari himoyachilari, jurnalistlar, oʻqituvchilar hibsga olingan .
Tabiati Myanma – asosan, togʻli mamlakat. Eng baland joyi 5881m (Khaqaborazi togʻi). Sharqida Shan togʻligi va uning dengiz boʻyigacha choʻzilgan tizmalari, gʻarbida Rakxayn (Arakan-Yoma), Patkay va boshqa tizmalar bor. Togʻlarning zamini kembriygacha paydo boʻlgan kristalli va choʻkindi jinslardan tarkib topgan. Iravadi tekisligi quruqlik, daryo, koʻl va dengiz yotqizik^lari qoplagan depressiyadan iborat. Muhim qazilma boyliklari: neft, qalay, volfram, kumush, mis, qimmatbaho toshlar, qoʻrgʻoshin va pyx, tabiiy gaz va boshqa Iklimi issiq, oʻzgaruvchan nam iqlim. Eng issiq oy – aprelning oʻrtacha temperaturasi 30—32°, yanvar niki 13—15° dan (shimolda) 20—25° gacha (janubda); togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻirlariga 6000– 6500 mm gacha yogʻin tushadi. Seryogʻin oylari iyun—oktabr Mart va aprel eng qurgʻoqchil va issiqoylardir. Daryolari musson yomgʻirlari mavsumida toʻlib oqadi. Har yili toshqinlar boʻlib turadi. Eng katta daryolari – Iravadi, Saluin. Koʻl kam, eng yirik koʻli – Inle. Togʻli joylarda tarkibida oziq moddalari kam oʻrmon tuproklari, sariq-qoʻngʻir va kizil tuproklar tarqalgan. Qurgʻoqchil markaziy viloyatlarda yuvilgan qizgʻishqoʻngʻir tuproklar, savanna tuproklari, shuningdek, jigarrang tuproklar koʻproq uchraydi.
Hududining 60% oʻrmon. Togʻlarning seryogʻin quyi mintaqalarida doim yashil tropik oʻrmonlar (palma, bambuk, kashtan, sarv, qaragʻay va boshqalar), yuqorirokda dub, 1200 m dan boshlab igna bargli oʻrmonlar, butazorlar, oʻtloklar, tekisliklarda barg tashlaydigan tropik oʻrmonlar, ayrim joylarda tik daraxti oʻrmonlari, savannalar, daryo deltalari hamda sohillarida mangra chakalakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, bugʻu, tapir, jayra, pantera, mangusta, yoʻlbars, boʻrsiq, fil va ayiklar yashaydi. Har xil parranda, sudralib yuruvchilar va baliq koʻp.
Aholisi Myanma – koʻp millatli davlat. U yerda 76 ga yaqin millat va elat bor. Myanma (birmaliklar), karen, shan, chin, kachin, mon va boshqa xalqlar yashaydi. Hindlar, xitoylar, yevropaliklar (asosan, inglizlar) ham bor. Aholi notekis joylashgan. Rasmiy tili – myanma tili. Dindorlari, asosan, buddaviylar (70%), hindu va xristian jamoalari ham bor. Yirik shaharlari: Yangon, Mandalay, Molamyan.musulmonlarni 2017 yilda qirib otib vaxshiylarcha o'ldirishgan.
Tarixi Myanmadagi eng qad. arxeologiya yodgorliklari quyi paleolit davriga oiddir. Neolit davrida hozirgi mon xalq-ining ajdodlari – monkxmerlar qabilasi yashagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda shimoldan tibetbirma qabilalari kelib oʻrnashgan. Mil. boshlaridan bu yerda shahardavlatlar paydo boʻla boshladi (Arakan, Shrikshetra, Ramanadas va boshqalar). VII—IX asrlarda Iravadi vodiysiga. Xitoyning shimoli-gʻarbi va janubiy -gʻarbidan hozirgi myanmaliklarning ajdodlari koʻchib kelgan. Myanmalar 9— XII asrlardan bir butun xalq sifatida tashkil topa boshladilar. 11 —XIII asrlarda Myanma hududida Pagan davlati mavjud boʻlib, budda dini qaror topdi. Arxeologiya qazilmalari va tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, Pagan davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik, diniy adabiyot, musiqa, sheʼriyat, naqqoshlik sanʼati, meʼmorlik rivoj topgan. XIII asr oxiriga kelib, Pagan davlati tanaz-zulga uchray boshladi. Ichki ziddiyatlar, oʻzaro nizo va janglar, moʻgʻullar bosqini Pagan inqirozini tezlashtirdi. Myanma yana mayda davlatlarga boʻlinib ketdi. XIV—XVII asrlarda tarqoq davlatlar oʻrtasida kurash kuchayib, natijada Ava davlati boshqa davlatlar ustidan gʻolib chiqdi. XVI asrdan Myanmada yevropalik (portugal, golland, ingliz) savdogarlar va istilochilar paydo boʻldi.
XVIII asr 2-yarmida yuqori Myanmada Konbaunlar davlati paydo boʻldi. U qoʻshni mayda davlatlarni oʻziga boʻysundirdi. Konbaunlar davlatida tarqoqlik tugatildi. Barcha yerning davlat mulkiga aylanishi markazlashgan hokimiyatning asosiy moddiy negizi boʻlib qoldi. Konbaunlar davlati Hindixitoydagi eng kuchli davlatga aylandi. 1785-yilda Arakan, XIX asr 1-yarmida Manipur va Assam Myanmaga qoʻshib olindi. Bu davrda madaniyat, sanʼat va adabiyot rivojlandi. Hashamatli qasr va saroylar, ma-hobatli budda ibodatxonalari qurildi, birinchi teatr, bosmaxona tashkil etildi. XIX asr dan ingliz mustamlakachilari Myanmani bosib olishga kirishdilar. 1824-yil 5-martda Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi Myanmaga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim viloyatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852-yil mamlakatda mon, shan va karen xalqlari gʻalayon koʻtardi. Shu vaqtda Ost-Indiya kompaniyasi Myanmaning Pegu viloyatini egalladi. 1885-yil inglizlar mustaqil Ava davlatini yengib, butun Myanmani oʻz mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshib oldi. Mustamlakachilar barcha hosildor yerlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920-yil talabalarning Yangondagi birinchi gʻalayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turtki boʻldi. 1930—32 yillarda mustamlakachilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Milliy ozodlik harakati 30-yillarning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi.
Mustamlakachilar xalq gʻalayonlarini toʻxtatish maqsadida Myanmani Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilolmadi. 1942-yilda Myanmani Yaponiya bosib oldi. Myanma xalqi yapon bo-sqinchilariga qarshi kurashdi. 1944-yilda Myanma xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodligi antifashist ligasini tuzdi. Aun San va Ne Vin boshchiligidagi Milliy armiya va xalq lashkarlari bosqinchilarga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakachilar Myanma hukumati rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtirib, Aun San va uning bir necha safdoshini oʻldirdilar (1947). Shunga qaramay, vatanparvarlar ichki va tashqi reak-siyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. Nihoyat, Angliya Myanma milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi va taʼsis majlisi oʻtkazishga rozilik berdi (1947-yil yanvar). 12-fevralda Myanmadagi turli xalqlar vakillari Panlone kon-ferensiyasida mustaqil davlat – Birma Ittifoqini tuzish toʻgʻrisida kelishib oldilar (1989-yilgacha mamlakat shu nom bilan ataldi). 1947-yil 24-sentabrda boʻlib oʻtgan taʼsis majlisi Myanma konstitutsiyasini qabul qildi. 17-oktabrda imzolangan shartnomaga binoan, Myanma Britaniya imperiyasidan chiqsi. 1948-yil 4-yanvarda rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. U Nu rahbarligida hukumat tuzildi. 1962-yilda bir guruh zobitlar davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Hukumat general Ne Vin boshchiligidagi Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. 1988-yil mart— avgust oylaridagi ommaviy xalq gʻalayonlari natijasida Ne Vin va uning tarafdorlari isteʼfoga chiqdi. Oʻsha yil 18-sentabrda harbiy toʻntarish boʻlib, hokimiyat Qonuniylik va tartibni tiklash Davlat kengashi qoʻliga oʻtdi. 1992-yildan kengashga rahbarlik qilib kelayotgan general Tan Shve mamlakatda parlament saylovi oʻtkazilgandan keyin hokimiyatni fuqaro hukumati qoʻliga topshirishini bildirgan.
Myanma —1948-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasibilan diplomatiya munosabatlari 2001-yil fevralda oʻrnatilgan. Milliy bayrami – 4-yanvar – Mustaqillik kuni (1948).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Xalqozodligi antifashist ligasi, 1945—47 yillarda mustamlakachilarga qarshi xalq kurashiga boshchilik qilgan, 1988-yilda qaytadan tuzilgan; Demokratik partiya, 1988-yilda tashkil etilgan; Xalq demokratik partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Demokratiya uchun milliy liga, 1988-yilda tuzilgan; Milliy birlik partiyasi, 1962-yilda tashkil etilgan, 1988-yilgacha Birma so-sialistik dasturi partiyasi deb atalgan. Dehqonlar birligi tashkiloti kasaba uyushmasi, 1969-yilda tuzilgan Markaziy xalqdehqonlar kengashi negizida 1977-yilda tashkil etilgan; Ishchilar birligi tashkiloti kasaba birlashmasi, 1977-yilda tuzilgan; Myanma kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1988-yilda asos solingan. Xoʻjaligi va sanoati Myanma – agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi E,7s, sanoatning ulushi – 8,7%. Kddimdan sholi yetishtirish bilan mashhur (yiliga 13 mln. tonna). Aholining 2/3 qismidan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida band.
Qishloq xoʻjaligi Myanma iqtisodiyotining negizidir. Sholikorlik, asosan, Myanma janubda rivojlangan. Bugʻdoy, tariq, makkajoʻxori, yer yongʻoq, kunjut, dukkakli ekinlar ham yetishtiriladi. Bogʻlar (sitrus mevalar, banan, ananas, mango), poliz ekinlari, choy plantatsiyalari, shakarqamish, tamaki, gʻoʻza ham anchagina maydonni egallaydi. Ayrim qishloq xoʻjaligi ekinlaridan 2—3-marta hosil olinadi. Chorvachiligida koramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Koramol va fillardan oʻrmonlarda yogʻoch tashishda foydalaniladi. Ichki suv havzalari va dengizda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho (ayniqsa, tik va kauchuk) daraxtlar koʻp.