thumb|right|Oʻrta Osiyo palovini tayyorlash jarayoni thumb|right|Toshkentda palov suzish jarayoni
Palov, osh (-{ [polov]; hind. पुलाव [palāu]; sans. पुलाक [pulāka]}- «dimlangan guruch»-{Hasandust, Mohammad. An etymological dictionary of Persian language. Tehran: Iranian Academy of Persian language and literature, 2004. ISBN 964-7531-28-1. Vol. I, p. 285 )}-; ; ; qrmtat. -{pilâv}-; ; ; ; turkm. -{palow}-; ) — asosan turkiy va eroniy xalqlar, shuningdek Osiyoning boshqa mamlakatlarida keng tarqalgan taom.
Masalligʻi va tayyorlanish uslubi boʻyicha xilma-xil turlarga boʻlinadi va har bir mamlakatda oʻzgacha tarzda tayyorlanadi. Taom asosini guruch tashkil etadi. Ushbu masalliqdan tashqari yogʻ, goʻsht, sabzi, piyoz va boshqa masalliqlar ishlatiladi. Palov tayyorlanish va tarqalish boʻyicha asosan Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari orasida ommabop hisoblanadi. Jumladan, Oʻzbekistonda oʻzbekcha palov oʻzbek oshxonasining eng asosiy taomlaridan biri hisoblanib, har bir xonadonda, toʻy-hashamlarda va dunyoning boshqa davlatlarida sevib isteʼmol qilinmoqda.
Tarixi thumb|right|Afgʻoncha palov Ushbu taom juda ham qadimgi taomlardan biri boʻlib, kelib chiqish payti va joyi aniqlanishi qiyin hisoblanadi. Baʼzi manbalarga koʻra, palovning tayyorlanish uslubi eramizdan avvalgi II—III asrlarda qadimgi Yaqin Sharq, Oʻrta Osiyo va Hindiston yarim orolida tashkil topib kelgan. Aynan oʻsha paytda Osiyoda guruch yetishtirish ishi rivojlanishni boshlagan. Undan ancha oldin qadimgi Xitoy va Yaponiyada guruch yetishtirish rivojlanish choʻqqisiga erishgan, biroq ularning guruch tayyorlash uslubi palovni tayyorlash uslubidan keskin farq qilgani bois tadqiqotchilar va olimlar palovning qadimgi vatani deb aynan Yaqin Sharq, Oʻrta Osiyo va Hindiston yarim orolini koʻrsatishadi. Qadimda Hindiston yarim orolida guruchni qaynatish va dimlash uslubi boshlangan. Keyinroq qadimgi Forslar yurtida unga goʻsht va boshqa masalliqlar qoʻshilishni boshlagan. Olimlar shu tarzda palov dunyoga kelgan deb bilishadi.
Qadimgi arab va fors adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biri, Ming bir kecha asarida va IX—X asrlarning qoʻlyozmalarida palovning bayramona taomligi haqida maʼlumotlar berilgan. Masalan, ularning baʼzilarida palov — pilav, pilaf deb nomlangan. Tadqiqotchilar fikricha, Yaqin Sharqda paydo boʻlib, muayyan rivojlanishga erishganidan soʻng, ushbu taom Oʻrta Osiyoda yanada koʻproq rivojlanishga erishgan va ushbu xalqlarning palov tayyorlash uslubi va ishlatgan masalliqlari palovning hozirgi davrdagi koʻrinishga olib kelishga katta hissa qoʻshgan.
Hozirgi paytda palov Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Yaqin Sharq va Turkiyada juda ommabop va tansiq taom hisoblanadi. Ushbu oʻlka va mamlakatlardan tashqari, Sharqiy Yevropa va Bolqon yarim orolining baʼzi joylarida palovning har xil turlari tayyorlanadi va sevib isteʼmol qilinadi.
Gʻarbiy Yevropada palov haqidagi birinchi maʼlumotlar XVII asrning oxirlarida yetib borgan. Turkiyaga yuborilgan Fransiya elchilari oʻz yurtlariga qaytib ketganlaridan soʻng palov haqida yurtdoshlariga va qirolga juda yaxshi maʼlumotlarni berishgan. Shundan soʻng ushbu taom haqida Gʻarbiy Yevropada unutishgan va faqat XIX asrda palov retsepti Suvaysh kanali quruvchilari tomonidan Yevropaga qayta olib kirilgan.
Hozirga kelib palov Yevropa, Rossiya, AQSH va Kanadaning qariyb barcha shaharlarida tarqalgan. Muxojirlar tayyorlaydigan oddiy tamaddixonadan tortib, milliy taomlar restoranlarida ham palov tayyorlanadi.
Tavsifi va turlari thumb|right||Uygʻurcha palov thumb|right|Kashmircha palov Palovning mingdan ortiq turlari mavjud boʻlib, tayyorlash uslubi va masalliqlari boʻyicha bir-biridan keskin, baʼzi turlarida esa ozroq farq qiladi. Palov tayyorlash jarayoni asosan ikkiga: zirvak pishirish va guruch solishga boʻlinadi«Плов можно приготовить даже из макарон» КоммерсантЪ Weekend № 101 от 19.06.2009 Виды плова.
Zirvakning asosiy masalliqlari yogʻ, piyoz va goʻsht hisoblanadi. Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarida asosan qoʻy yoki mol goʻshti, baʼzi joylar va xalqlarda esa baliq yoki ot goʻshti ishlatiladi. Masalan kaspiyoldi turkmanlar va qozoqlar, Sirdaryo va Amudaryo qirgʻoqlarida yashaydigan qozoqlar, qoraqalpoqlar va baʼzi oʻzbeklar palovni baliq goʻshti, asosan osoytr baligʻi bilan tayyorlashadi. Bundan tashqari, zirvakning yogʻi sifatida ham turli moylar ishlatiladi. Masalan, Oʻrta Osiyoning barcha xalqlari asosan qoʻy yogʻi yoki paxta yogʻini ishlatishadi. Qoraqalpoqlar, orololdi va kaspiyoldi qozoqlar saryogʻ, tojiklar esa asosan zigʻir yogʻini ishlatishadi. Yaqin Sharq va boshqa mamlakatlarda esa yuqorida sanab oʻtilgan moylardan tashqari zaytun moyi yoki oʻsimlik yogʻini ishlatishadi.
Guruch solish jarayoni ham turli joylarda har-xil bajariladi. Baʼzi joylarda guruchdan tashqari bugʻdoy donlari, noʻxat, loviya, mosh yoki joʻxori donlari ishlatishadi. Taom tayyor boʻlayotganida ushbu donlar baʼzilarda zirvak bilan aralashtiriladi, baʼzilarda esa alohida qilib laganda suziladi. Palovning boshqa taomlardan ajralib turishida aynan ushbu omillar muhim rol oʻynaydi.
Palov turlari thumb|right|Tojikcha palov turlaridan biri
Oʻrta Osiyo xalqlari palovi Palovni Oʻrta Osiyo xalqlarining koʻpi pishiradigan turida zirvak va guruch aralashtirilib (Samarqandcha va baʼzi palovlardan tashqari) pishiriladi. Palovning ushbu turi butun Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikistonning qariyb hamma joylarida tayyorlanadi. Palovning ushbu turi har bir mamlakat, shahar va xalqlda har-xil usulda tayyorlanadi. Ushbu palovda yogʻ, guruch, goʻsht, piyoz va sabzidan tashqari, baʼzida noʻxat, sarimsoqpiyoz, barbaris, behi va boshqa mahsulotlar qoʻshiladi. Palovning ushbu turida asosan sariq sabzi ishlatiladi. Goʻsht masalasida esa, asosan mol goʻshti yoki qoʻy yogʻi va goʻshti ishlatiladi. Palov yogʻi uchun esa asosan paxta va zigʻir yogʻlari ishlatiladi.
Oʻrta Osiyoda palovni katta laganda suzishadi va dasturxonga tortishadi. Palov isteʼmol qilayotganda, baʼzilar uni qoʻl bilan yeyishadi. Palovni pomidor, bodring va piyozli achchiq-chuchuk salati va choy bilan isteʼmol qilishadi. Palovning ushbu turi dunyoda eng mashhur va keng tarqalgan hisoblanadi.
Forscha palov thumb|Forscha loviyali palov thumb|Ozarbayjoncha palov Forscha palov turi asosan Eron, Afgʻoniston, Pokiston, Ozarbayjon, Turkiya, shimoliy Iroq va qisman Tojikistonda tayyorlanadi. Oʻzbekistonda ushbu palov turi Samarqand (Samarqandcha palov) va qisman Buxoroda tarqalgan. Palovning ushbu turida, gara (zirvak) va guruch alohida pishiriladi va laganga suzilayotganida birlashtiriladi, lekin aralashtirilmaydi.
Palovning ushbu turi ham juda har-xil usullarda tayyorlanadi. Qoʻshiladigan mahsulotlar Oʻrta Osiyo palovidan unchalik koʻp farq qilmaydi va bir nechta qoʻshimcha masalliqlar qoʻshiladi. Misol uchun, ushbu palov turi tayyorlanayotganida unga baʼzida har-xil mevalar, non yoki koʻkatlar qoʻshiladi. Taom katta laganda (tovoq) suziladi va salat, choy yoki sharbat bilan isteʼmol qilinadi.
Oʻzbekcha palov va uning turlari Oʻzbekcha palov — oʻzbek milliy taom turi. Pishirish usulining xilma-xilligiga va ishlatiladigan masalliqlariga qarab, palovning 40 dan ortiq turlarga ajratiladi. Masalan, qovurma palov, ivitma palov, mayizli palov, bedana palov, qazi palov, behili palov, toʻgʻrama palov, toʻy palov, qiyma palov, sofaki palov (Samarqand viloyati), qorma palov (Qashqadaryo), suzma palov (Xorazm), ugra palov (Surxondaryo) va boshqalar. thumb|right|Buxorocha palov thumb|right|Qozonda qovurilayotgan goʻsht thumb|right|Pishirilayotgan zirvak
Palov tayyorlashdagi asosiy jarayonlar: a) yogʻ dogʻlash (yogʻni qozonga solib, oq tutun hosil qilguncha qizdirish); b) zirvak pishirish; d) guruch solish. Guruch terib tozalanib, iliq yoki sovuq suvda 3—4 marta yuviladi. Guruch zirvak yuziga bir tekis qilib solinadi va suv quyiladi. Guruch solingach, choʻgʻsiz kuchli alanga berib, qozon yuzasini bab-baravar qaynatish kerak, aks holda palov «tirik» boʻlib qoladi. Guruch suvni batamom tortgandan soʻng, guruchni kapkir bilan qozonning oʻrtasiga gumbaz qilib oʻyib, damchoʻp suqiladi va damtovoq bilan jips yopib 20 daqiqacha damlanadi. Palovning eng koʻp tayyorlanadigan turlari: qovurma (fargʻonacha) palov — qoʻy yogʻi eritiladi, jizzasi suzib olinadi, yogʻ dogʻlangandan soʻng unga goʻshtdan tozalangan bir boʻlak suyak tashlab yuboriladi. Suyak qizgʻish tusga kirguncha qovuriladi (bu jarayon oshga tus beradi). Suyak olib tashlanib, parrak-parrak toʻgʻralgan piyoz tashlanadi. Loʻnda-loʻnda toʻgʻralgan goʻsht solib, qovurish davom ettiriladi. Piyoz qizarib qovurilgach, qozonga somoncha qilib toʻgʻralgan sabzi solinadi, bir oz tuz solib aralashtiriladi. Sabzi jigarrang tusga kirganda, oshga solinadigan suvning yarmi quyib qaynatiladi. Zirvak 20—25 daqiqa mildiratib qaynatiladi. Qovurma palov uchun 1 kg guruchga 500 g goʻsht, 250 g yogʻ, 500 g sabzi, 4—5 bosh piyoz, bir choy qoshigʻida zira, zirk, qalampir kerak; ivitma palov — dogʻlangan yogʻda loʻnda-loʻnda toʻgʻralgan goʻsht qovuriladi, soʻngra piyoz solinadi. Qovurish piyoz qizarguncha davom etadi. Qozonga toʻgʻralgan sabzi tashlanib, 10—15 daqiqa davomida qovuriladi, bir oz tuz ham tashlanadi va qozonga suv quyiladi. Zirvak tayyorlashga kirishishdan oldin guruchni tuzli suvda 3—4 marta yuvib, issiq suvga ivitib qoʻyiladi. Ivitma palov uchun 1 kg guruchga 150—200 g noʻxat solinadi. Noʻxat kamida 10 soat ilgari ivitib qoʻyilishi kerak. Palov qadimdan Oʻrta Osiyoning har qanday toʻy, sayil, bayram va mehmondorchiliklarida tayyorlanadi. Palov tayyorlash oʻzbeklar oʻrtasida, ayniqsa, erkaklar (yigitlar)ga xos fazilat hisoblanadiMahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979.
Qovurma palov (Fargʻonacha palov) Asosan qoʻy goʻshti va qoʻy yogʻida qovurib tayyorlangani sababli bu palov issiqli taom hisoblanadi. Uni sovuq ovqatga aylantirish uchun, ayniqsa yoz faslida va issiqmijoz kishilar toʻplanganda paxta yogʻi va mol goʻshti solib tayyorlanadigan usuli ham bor. Qoʻy yogʻini kubik (1x1x1 sm) shaklida yoki bodomday-bodomday qilib toʻgʻraladi. Goʻshtni esa xuddi kabobga toʻgʻraganday, bosh barmoqning birinchi boʻgʻini kattaligida kesiladi. Asosan qobirgʻa va son goʻshtlari tanlab olinadi. Qobirgʻa suyaklari 4 sm kattalikda, ilikli suyak esa 10 sm dan oshmaydigan qilib chopiladi. Ushbu palov uchun oq — „tuxum“ piyoz va „mushak“ yoki „sariq mirzoyi“ navli sabzilar tanlanadi. Piyozni halqa-halqa qilib, sabzini gugurtning choʻpi kattaligida, somoncha shaklida toʻgʻraladi. Qozonni quruq qizdirgandan soʻng dumba yogʻi solinadi va oʻrtacha olov berib eritib, jizzasi olinadi, soʻng sustroq olovda to oq tutun chiqquncha yogʻ dogʻlanadi. Yaxshi dogʻlanganini bilish uchun yogʻqa yirik tuz tashlasanadi, shundan soʻng bir bosh archilgan piyoz yoki barmoqdek yaydoq qovurgʻa suyak tashlab qizartirib soʻng olib tashlanadi. Ayniqsa palovni paxta yogʻida tayyorlaganda bu metodning ahamiyati katta hisoblanadi. Yogʻ yaxshi chuchib, dogʻlanganida piyoz tashlanadi, kavlab-kavlab, qizarguncha jazlanadi. Piyoz shigʻil boʻlib qizarganda goʻsht tashlanadi, buni ham kovlab sirti qobiq olganida, sabzini solib moʻrtligi yoʻqolguncha qovurilado. Soʻngra suv quyib, sust olovda mildiratib qaynatiladi, tuz va ziravorlar ham suv quygandan soʻng solinadi. Palovning mazali chiqishi uzoqroq qaynashiga bogʻliq hisoblanadi.
Bir soatcha mildirab qaynasa, masalligʻi, ziravorlardagi moddalar erib yaxshi sintez boʻladi. Palov zirvagi meʼyoriga yetib qaynaguncha, guruchni tozalab, yaxshilab yuviladi. Guruch asosan 3 marta yuviladi. Yuvilib, suvi yaxshilab sirqitilgan guruchni zirvak yuziga bir qatlam qilib solinadi. Oʻchoqdan choʻgʻni tortib olib, kuchli alanga beriladi va darhol guruchga suv quyiladi. Quyilgan suv guruch yuzasidan koʻrsatkich barmoqning birinchi boʻgʻini darajasida, yaʼni 1—1,5 sm boʻlishi kerak.