Adolf von Baeyer () (31-oktyabr 1835-yil, Berlin – 20-avgust, Shtarnberg) – nemis kimyogari. Peterburg Fanlar Akademiyasining xorijiy muxbir aʼzosi (1892). Boʻeqlar va atsiklik birikmalar sintezi asoschilaridan biri. 1883-yilda indigoni toʻliq sintez qilib, uning tuzilishini aniqladi. Sistransizomeriya tushunchasini amaliyotga tatbiq etdi. Pirrol va piridin asoslarini, siydik kislota guruhi birikmalarini oʻrgandi, kondensatsiya reaksiyalarini tadqiq qildi. Baeyerning atsetilen, aromatik va alitsiklik uglevodorodlar sohasidagi tadqiqotlari kuchlanishlar nazariyasining kashf etilishiga olib keldi. Nobel mukofoti laureati (1905)Nobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1835-yilda tugʻilganlar Turkum:31-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1917-yilda vafot etganlar Turkum:20-avgustda vafot etganlar Turkum:Berlinda tugʻilganlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari