Doʻstmurod Abdullayev (1950, Samarqand viloyati Paxtachi tumani Eshonqora qishlogʻi) – Oʻzbekiston Qahramoni (1999). Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1985). Paxtachi tumanidagi Roʻziqul Maxmanov nomli jamoa xoʻjaligida mexanik uchastka agronomi boʻlib ishladi (1973-1984). 1984-yildan shu xoʻjalikda gʻallachilik brigadasi boshligʻi. Oʻzbekiston Respublikasining gʻalla mustaqilligini taʼminlash yoʻlida gʻallachilikni rivojlantirishda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllab, bugʻdoydan muntazam ravishda har gektardan barqaror 50-55 s hosil olishga erishgan"" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:1950-yilda tugʻilganlar Turkum:Paxtachi tumanida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston qahramonlari Turkum:Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston agronomlari