Namangan — Oʻzbekistonning sharqiy qismida, Fargʻona vodiysining shimoliy chekkasida joylashgan qadimiy va navqiron shahar. Namangan viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi hisoblangan ushbu shahar, aholi soni boʻyicha mamlakatimizda Toshkentdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Oʻzining betakror tabiati, mehmondoʻst xalqi va qadimiy hunarmandchilik anʼanalari bilan mashhur boʻlgan Namangan bugungi kunda zamonaviy sanoat va tadbirkorlik markaziga aylanib bormoqda.

Tarixi Namangan viloyati 1941-yil 6-martda SSSR Oliy Soveti Prezidintining farmoni bilan (bundan oldin uning hududi Fargʻona viloyati tarkibiga kirgan) Oʻzbekiston SSR tarkibida tashkil etilgan. Viloyat tarkibiga Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chust va Yangiqoʻrgʻon tumanlari hamda Namangan va Chust viloyatga boʻysunuvchi shaharlar kirgan.

1950-yilda Chortoq, 1952 yilda Zadaryo tumanlari tashkil topdi. Bu ikkala tuman ham 1959-yilda tugatilgan.

1960-yil 25-yanvarda Namangan viloyati tugatilib, uning hududi Andijon va Fargʻona viloyatlari (Namangan shahri — Andijon shahriga bevosita boʻysunuvchi) tarkibiga kirgan. Viloyat 1967-yil 18-dekabrda tiklangan. Qayta tiklash davrida viloyat tarkibiga Zadaryo, Namangan, Pop, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chust va Yangiqoʻrgʻon tumanlari hamda Namangan shahri qoʻshilgan.

1970-yilda Toʻraqoʻrgʻon, 1973-yilda Kosonsoy va Norin, 1980-yilda Chortoq tumanlari tashkil etilgan. 1969-yilda Chust, 1974-yilda Uchqoʻrgʻon, 1979-yilda Kosonsoy, 1983-yilda Chortoq, 1988-yilda Haqqulobod viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomini olgan. Tabiati Viloyat hududining asosiy qismi Sirdaryoning oʻng sohilida, keng Fargʻona vodiysida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekislik boʻlib, shimoliyda qator tepaliklar va Chatqol hamda Qurama togʻlari bilan oʻralgan. Balandligi 350–800 m. Togʻ va adirlar, tor vodiylar, vohalar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarning faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyat hududi geologik faol zonada joylashgan va 8 ballgacha-zilzilalar boʻlib turadi. Keng maydonni egallab yotgan va dehqonchilik obyekti boʻlgan Qoraqalpoq choʻli neogen davrida paydo boʻlgan. Foydali qazilmalardan Chodak oltin koni, togʻ kvarsi, surma, mis, neft, gips, ohaktosh va boshqa qurilish materiallari, shifobaxsh mineral suvlar (Chortoqda) topilgan. Chust-Pop yer osti suvining issiqligi 50° (1300 m dan chiqadi). Suv tarkibida yod va brom bor. Chodaksoydan (450 m chuqurlikdan) 23° issiqlikdagi vodorod-sulfidli suv chiqadi. Chortoq, Shahand, Kosonsoy, Uchqoʻrgʻon suvlari oʻzining minerallanish darajasi va xarakteri boʻyicha mashhur Matsesta, Chakrak, Tal suvlaridan qolishmaydi. Yer osti suvlari togʻ, adir, togʻ oldi botiqlarida va yoyilmalarda yirik toshli, shagʻalli va qumli qatlamlarda joylashgan. Sirdaryoga yaqin zonalarda yer osti (sizot) suvlari mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Yozi uzoq issiq, qishi qisqa, nisbatan sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura +13°. Yanvarda temperatura −25° gacha pasayadi, iyunda +35-+45° ga yetadi. Vegetatsiya davri 229 kun. Viloyatning turli qismlarida yogʻin miqdori turlicha. Namanganda oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 230 mm, gʻarbida 90–190 mm, sharkiy tumanlarida 300–400 mm, togʻ etaklarida 600 mm. Yogʻinning eng koʻp kismi bahor va kuzda yogʻadi. Daryolari yogʻindan, togʻlardagi qor va muzliklardan suv oladi. Namangan viloyatida 16 daryo va soy, shuningdek, koʻplab mavsumiy soylar mavjud. Eng katta daryosi — Sirdaryo. U Norin va Qoradaryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Norin va Sirdaryoga Chatqol togʻlaridan oqib tushadigan Pochchaotasoy, Chortoksoy, Chustsoy, Olmossoy, Chodaksoy, Gʻovasoy, Kosonsoy, Namangansoy kabi sersuv togʻ daryolari kuyiladi. Kosonsoy, Chortoq, Eskiyer suv omborlari, Oxunboboyev, Shimoliy Fargʻona, Katta Namangan kanallari qurilgan. Bahor va yoz boshlarida sodir boʻladigan sel hodisalaridan saqlanish uchun sel omborlari barpo qilingan. Tuproqlari prolyuvial, oʻtloq, oʻtloqi-botqoq, och tusli boʻz, ayrim joylarda shoʻrxok, och tusli qoʻngʻir, jigarrang. Adirlar qumtosh, mergel, lyoss va chagʻirtoshlar bilan qoplangan. Bahorda efemer oʻsimliklar oʻsadi, chorva mollari boqiladi. Tekislik qismlarida boʻz, koʻngʻir tuproqlar, qadimdan dehqonchilik qilib kelingnidan tabiiy holati oʻzgargan va unumdorligi oshirilgan. Kosonsoyda tipik va qoramtir boʻz tuproq, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Chust tumanlarida och boʻz tuproq tarqalgan. Tekislik qismining ekin ekilmaydigan yerlarida shoʻra, shuvoq, lola, otquloq, Sirdaryo boʻylarida betaga, astragal va boshqa oʻsadi. Togʻlarda archazorlar, yovvoyi olcha, olma va yongʻoqzorlar uchraydi. Togʻlarning baland qismi subalp oʻtloqlari — yozgi yaylovlardan iborat. Namangan viloyatida deyarli oʻrmon yoʻq. Namangan mevali oʻrmon koʻchatzori va Namangan oʻrmon koʻchatzori mavjud. Choʻl va adirlar oʻzlashtirilib yuborilgandan boʻri, tulki, qobon, yumronqoziq kam uchraydi. Togʻlarda togʻ takasi, sugʻur bor. Adirlarda kalamush, dala sichqoni, echkemar, tipratikan, choʻl toshbaqasi, turli xil ilon va kaltakesak koʻp. Qushlardan burgut, kaklik va boshqalari bor. Qorabovur, yovvoyi oʻrdak va boshqa qushlar ovlanadi. Daryo, soy va boshqa suv havzalarida har xil baliq yashaydi, ondatra keng tarqalgan. Pochchaotasoy, Gʻovasoyda qunduz ham uchraydi. Namangan viloyati xududining intensiv oʻzlashtirilishi oqibatida sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, baliqlarning koʻp turlari kamayib bormoqda.

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar (87,8%) tashkil etadi, shuningdek, tojik (9,0%), kirgʻiz (1,0%), rus (0,8%), tatar, ukrain, ozarbayjon, yahudiy, belarus, arman, qozoq va boshqa millat vakillari ham (jami 89 millat) yashaydi. Aholi zichligi oʻrtacha 1 km² ga 266 kishi. Qishloq aholisi 1238,9 ming kishi, shaharliklar 743,8 ming kishi (2002).

Ginnes rekordlari 2026 2026-yilda Namangan viloyati o‘zining ko‘p yillik gulchilik an’analari va xalqaro miqyosdagi nufuzini yana bir bor namoyon etib, 65-Xalqaro gullar festivali doirasida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Viloyatda bir oy davomida jamoa tomonidan ekilgan gullar soni bo‘yicha o‘rnatilgan natija "Most flowers planted by a team in one month" (Bir oy davomida jamoa tomonidan eng ko‘p gul ekish) nominatsiyasida jahon rekordi sifatida rasman e'tirof etildi. Ushbu rekord Guinness World Records tomonidan tasdiqlangan. alt=Namangan Ginnesning “Rekordlar kitobi”dan joy oldi|frameless|461x461pxalt=65-Xalqaro gullar festivali doirasida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi|462x462pxMazkur tarixiy yutuq Namangan viloyatining nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro miqyosdagi gulchilik markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamladi. 1961-yildan buyon uzluksiz o‘tkazib kelinayotgan va 2019-yildan boshlab xalqaro maqomga ega bo‘lgan Namangan xalqaro gullar festivali ko‘p yillardan beri viloyatning o‘ziga xos ramzlaridan biri hisoblanadi. Ginnes rekordi esa ushbu an’ananing jahon miqyosida tan olinganining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Rekordning qayd etilishi Namangan viloyatining obodonlashtirish, landshaft dizayni, ekologik madaniyat va turizmni rivojlantirish borasidagi salohiyatini namoyish etish bilan bir qatorda, xalqaro jamoatchilik e'tiborini hududga yanada kengroq jalb etdi. Ushbu natija Namangan aholisining mehnatsevarligi, bunyodkorlik an’analari va gullarga bo‘lgan alohida ehtiromining xalqaro darajada e'tirof etilgan timsoli sifatida baholanadi.

Natijada, 65-Xalqaro gullar festivali nafaqat madaniy va turistik tadbir, balki Namangan tarixida jahon miqyosida e'tirof etilgan muhim voqea sifatida alohida o‘rin egalladi hamda viloyatning xalqaro imijini mustahkamlashga xizmat qilgan tarixiy yutuqlardan biri bo‘ldi. Sayyohlik maskanlari

Arashan Resort Hukumat qarori bilan Pop tumanida „Arashan“ xalqaro va koʻp funksiyali togʻ dam olish turistik zonasi tashkil etilishi belgilangan. Investitsiya loyihasi Namangan viloyati hokimligi taklifi asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha kompaniyasi „Arashan Resort“ MCHJ boʻlib, xorijiy investor sifatida Yaponiyaning „NGEA — Nippon Global Education and Assessment“ kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etiladi. Loyiha Namangan viloyati Pop tumani „Qoʻshminor“ MFY hududidagi („Qamchiq“ dovoni) 1,2 ming gektar yer maydonida joylashgan. Loyiha qiymati 150 mln AQSH dollariga teng. Loyihani amalga oshirish muddati 2026–2028 yillarga moʻljallangan.

Turistik zona faoliyati yoʻlga qoʻyilishi hisobiga kunlik 2,5 ming nafar, yillik 912 ming nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar jalb qilinadi hamda 2000 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Turistik zona tarkibi — 5 ta hududdan iborat: ekoturizm, ekstremal turizm, gastronomik turizm, rekreatsion turizm zonalari, sayyohat turizmi infratuzilmasi.

Arxeologiyasi

Olmosning Tarixi milodiy IV-V asrlarga borib taqaladi. Oʻsha kezlarda Olmosda 800 atrofidagi qabila yashagan, asosiy mashgʻulotlari dehqonchilik va chorvachilik boʻlgan, aholi oʻsha kezlarda Togʻ atrofida, soy va buloqlar atrofida yashagan.

Xoʻjaligi Namangan viloyati respublika ishlab chiqarish va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Viloyat sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoatlari. Namangan viloyatida 170 dan ziyod sanoat korxonalari mavjud. Eng yirik sanoat korxonalaridan — mashinasozlik, avtomobillarni tuzatish, gʻisht, yogʻ-ekstraksiya, paxta tozalash, oziq-ovqat (vino zavodi, pivo kombinati, „Namangan salqin ichimliklari“, „Rohat“, „Namangankonserva“, „Shirinlik“, „Kosonsoykonserva“ korxonalari), kimyo, „Elektroterm“ ishlab chiqarish birlashmasining yetakchi korxonasi, ipak gazlamalar kombinati, badiiy buyumlar fabrikasi va hokazo. 3402 kichik, 249 shirkat, 76 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Shular orasida: „Navroʻz“ Oʻzbekiston-Kanada, „Shohi Soʻzana“, „Nestle-Oʻzbekiston“, „Shams LTD“, „Hyp“, „Ohangar“, „Chust pichogʻi“, „Namanganshina“, „Kosonsoy-Tekmen“, „Popfen“, „Silk-Road“, „Kasmir Deri“, „Namanganqogʻoz“, „Yanis IV“, Oʻzbekiston- Rossiya „Kemtosh“, „Shifo“ korxonalari, Oʻzbekiston-Xitoy „Channa-Tekstil“ qoʻshma korxonasi, Oʻzbekiston-Turkiya „Ko-sonsoytekstil“ va boshqa bor.

Qishloq xoʻjaligi Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: Donchilik, paxtachilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik, goʻsht-sut chorvachiligi, pillachilik. Namangan viloyati mamlakatda yetishtirilayotgan pax-taning 8-9% ini beradi. Gʻallakorlik, polizchilik, tokchilik, sabzavotchilik, ipakchilik va chorvachilik rivojlangan. Tekislikdagi sugʻoriladigan tumanlarda chorvachilik, asosan, kora-mol, togʻ oldilaridagi tabiiy oʻtloqlarda qoʻy va echki (jumladan, mayin junli) boqiladi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 548,1 ming ga, shundan haydaladigan yerlar 219,8 ming ga, yaylovlar 287,9 ming ga, bogʻ va koʻp yillik daraxtzorlar 31,2 ming ga, tokzorlar 8,7 ming ga ni tashkil qiladi. Don ekinlari 80,4 ming ga, paxta 109,5 ming ga, kartoshka 1,3 ming ga, sabzavot 3,5 ming ga, poliz ekinlari 1 ming ga, ozuka ekinlari 14,4 ming ga maydonni egallaydi, 7760 ga oʻrmonzor, 3 ming ga tutzor bor (2001). Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 4 ming km kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatning hamma tumanlarida sugʻoriladigan maydonning asosiy qismida paxta va don ekinlari ekiladi. Namangan viloyatida 134 shirkat xoʻjaligi, 94,8 ming dehqon xoʻjaligi, 3,5 ming fermer xoʻjaligi bor. Jamoa va xususiy xoʻjaliklarda 667,1 ming qoramol (shundan 261,4 mingi sigir), 899,3 ming qoʻy va echki, 5,8 ming ot mavjud, parrandachilik bilan qam shugʻullaniladi.