Aleksandr III (26-fevral 1845-yil-20-1894.20.10) — Rossiya imperatori (1881-94), Aleksandr II ning 2- oʻgʻli. „Samo-derjaviyeni mustahkamlash haqidagi manifest“ni eʼlon qilgan (1881). Aleksandr III davrida 1880-yil oxiri — 1890-yil boshlarida bir necha islohotlar amalga oshirildi (jon soligi bekor qilindi, tovonlar kamaytirildi, zemstvo va shahar nizomlari qayta koʻrib chiqildi). Uning davrida Rossiya tomonidan Turkistonni bosib olish (1885) asosan tugʻallangan. Xususan 1879 va 1880-1881-yillarda Axaltaka harbiy yurishlari natijasida Turkmaniston bosib olingan. Turkmanlarning Goʻktepa qal’asini olishda ruslar 45 ming qal’a himoyachisi (shundan 5 ming kishida qurol boʻlgan, qolgani ayollar, bolalar edi) ni oʻldirishganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1845-yilda tugʻilganlar Turkum:1894-yilda vafot etganlar Turkum:26-fevralda tugʻilganlar Turkum:20-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Rossiya imperatorlari Turkum:Sankt-Peterburgda tugʻilganlar Turkum:Rossiya Imperiyasida vafot etganlar