Antokiyahttp://navoi.natlib.uz:8101/uz/nasoyim_ul_muhabbat_un_ettinchi_tom/nasoyim_ul_muhabbat/101_200/ () — Turkiyaning janubidagi shahar. Oʻrta dengiz yaqinida. Xatay elining maʼmuriy markazi. Aholisi 124 ming kishi (1990). Toʻqimachilik, pax-ta tozalash, yogʻ-moy va oziq-ovqat sano-ati korxonalari bor. Baliq ovlanadi. Shaharga miloddan avvalgi 300 yilda Osiy daryosi boʻyida Salavk I asos solgan va Antioxiya () deb atagan. Salavkiylar davlatining poytaxti boʻlgan. 64 yildan keyin Rim tasarrufidagi Suriya provinsiyasi no-ibining qarorgohi. VI—VII asrlarda Vizantiya tarkibida boʻldi. Qadimda va Oʻrta 540asrlarda savdo-hunarmandchilik rivoj-langan shaharlardan edi. VI asrda shaharni Eron qoʻshinlari vayron qilgan. 1516-yildan Turkiya tarkibida va oʻsha davrdan A. deb atalgan. III—XIII asr larga oid meʼ-morlik yodgorliklari saqlangan. Arxeologiya muzeyi bor.

Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Buyuk Ipak yoʻli boʻyidagi aholi punktlari Turkum:Muqaddas shaharlar Turkum:Hatay viloyati tumanlari Turkum:Chukurova Turkum:Turkiyadagi qadimgi yunon arxeologik yodgorliklari Turkum:Hatay viloyati aholi punktlari Turkum:Turkiyadagi yahudiy jamoalari