Joʻra Karimov (1946-yil 17-dekabr — 2025-yil 26-sentyabr, Qarshi tumani Yakkayogʻoch qishlogʻi) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Qarshi pedagogika institutining (hozirgi QarDU) fizika-matematika fakultetini tugatgan (1968). 1968—1979-yillarda Qarshi tumanidagi 12-maktab, 1979-yildan 9-maktabda fizika oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Karimov fizika darsini oʻzi yasagan koʻrgazmali qurol asosida oʻtkazgan. Uning baholar koʻrsatkichi, elektr harakati koʻrgazmalari koʻrgazmali qurollar tanlovida sovrinli oʻrinni egallagan. Karimov yangi pedagogik texnologiyalar asosida fizika fanini oʻqitishda „konferensiya“, „muloqot“, „milliy oʻyinlardan foydalanish“ kabi zamonaviy darslar orqali EHMlardan foydalangan holda oʻquvchilarga bilim berganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:17-dekabrda tugʻilganlar