Lev Davidovich Landau [1908-yil 22-yanvar Boku – 1968-yil 1-aprel Moskva) – rus nazariyotchi fizigi, Akademik (1946). Mehnat Qahramoni (1954). Ilmiy ishlari kvant mexanika, oʻta oquvchan suyukliklar nazariyasi, oʻta oʻtkazuvchanlik, qattiq jism fizikasi, atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, plazma, kvant elektrodinamika, astrofizika va boshqa sohalarga oid. Metallarning elektron diamagnetizmi nazariyasini yaratgan (1930, Landau diamagnetizmi), rus olimi Ye. M. Lifshits bilan birga ferromagnetiklar va ferromagnit re-zonansning domenli tuzilishini ishlab chiqqan (1935). Geliyning oʻta oquvchanligini nazariy jihatdan isbot qilgan (1941). U elektron plazmalari xususiy tebranishining soʻnish dekrementini ifodalovchi effektni fanga kiritgan (bu effekt „Landau soʻnishi“ deb nom olgan). Rus olimi V. L. Ginzburg bilan hamkorlikda oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasini yaratgan (1950), Rus olimlari A. A. Abrikosov, I.M Xalatnikov va I. Ya. Pomeranchuk bilan hamkorlikda kvant elektrodinamika asoslarini tekshirgan (1954—55). Ikki komponentli neytrino nazariyasini (1957), fermi-suyuklik nazariyasini yaratgan (1956—58). Nobel mukofoti laureati (1962).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari

Manbalar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Alifbo boʻyicha fiziklar Turkum:SSSR fiziklari Turkum:Rossiya olimlari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Fizika-matematika fanlari doktorlari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Lenin mukofoti laureatlari Turkum:Lev Landau