Dinara Rakhimbayeva (; 1995-yil 27-yanvar, Olmaota shahrida tugʻilgan) – qozoq modeli va bloggeri.
Hayoti Dinara Rakhimbaeva 1995-yil 27-yanvarda Olmaota shahrida tugʻilgan. Otasi rossiyalik, onasi esa qozoq boʻlgan. Dinara oiladagi uch farzandning eng kattasi edi. Uning Islana ismli singlisi va Zhangir ismli ukasi bor. Rakhimbaeva Olmaota shahridagi 134-sonli litseyni tamomlagan. 2017-yilda Nottingem universitetini moliya fakultetini bitirgan.
2015-yil avgust oyida oʻzining shaxsiy instagram profilini ochgan. Oʻshandan beri Rakhimbaeva 487,000 dan ortiq obunachi yigʻa olgan.
Rakhimbaeva tashqi koʻrinishi va qomati, ayniqsa tor beli bilan mashhur boʻlib, ommaviy axborot vositalarida „Qozogʻiston barbisi“ nomini olgan.
2017-yilda uning „L’Officiel Kazakhstan“ jurnali sahifalarida eʼlon qilingan „Bite Me Lingerie“ qozoq ichki kiyim brendi reklamasi uchun tushgan surati aholining musulmon qatlami tomonidan qattiq tanqidga uchragan hamda Qozogʻiston va boshqa bir qancha mamlakatlar ommaviy axborot vositalarida qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlgan.
Keyinroq Rakhimbaeva tanqidchilarga „Nega bunchalik shafqatsiz boʻlasizlar? Menga nisbatan nafrat juda koʻp, lekin men sizga hech narsa qilganim yoʻq. Barchangizga baxt va muhabbat tilayman“, deb javob qaytarganLion, Patrick (2017-01-05). „British student dubbed 'Kazakhstan Barbieʼ defies Muslim critics with sexy snaps“. Daily Mirror. Retrieved 2021-07-27..
2018-yilda Rakhimbaevaning surati „Menʼs Health Kazakhstan“ jurnali muqovasida chiqqan. U shuningdek, „Kelinka is also a human 2“ komediyasida ham rol ijro etgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Olmaota kishilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Qozogʻistonlik ayol bloggerlar Turkum:Qozogʻistonlik ayol modellar