Nicolas Jackson (2001-yil 20-iyun) – Senegallik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi va Senegali milliy terma jamoasi hujumchisi.
Hayoti Nicolas Jackson 2001-yilda Senegalda tugʻilgan. Otasi gambiyalik, onasi esa senegallik„Nicolas Jackson“. . 2016-yilgi Gambiya prezidentlik saylovidan soʻng oilasi bilan 2017-yilda Senegal Ziguinchor shahriga koʻchib oʻtdi.
Karyerasi
Dastlabki yillar Jackson Casa Sport klubi bilan shartnoma imzolashidan avval mahalliy jamoa ASC Tileneda toʻp suradi.Casa Sport safida 2018-2019-yilgi mavsumdan boshlab asosiy jamoa qaydnomasiga kiritilgan.
Villarreal 2019-yil sentyabr oyida Jackson La Liga jamoasi Villarreal bilan shartnoma imzoladi.
Mirandés (ijara) 2020-yil 5-oktabr kuni Jackson Segunda División jamoasi Mirandésga bir mavsumga ijaraga beriladi. Hujumchi oʻn uch kundan soʻng Mallorkagaqarshi oʻyinda oʻz debyutini oʻtkazdi.
Jackson 2020-yil 28-noyabrida jamoa safidagi debyut golini kiritadi. Bu uning mavsumdagi debyut goli boʻlib qoladi.
Villarreal (ijaradan soʻng) Ijaradan qaytgach Jackson Villarreal B-jamoasida Primera División RFEFda faoliyatini davom ettiradi va yettita gol muallifiga aylanadi. U 2021-yil 3-oktyabr kuni asosiy jamoa safida La Ligadagi debyutini oʻtkazadi.
Hujumchi 2022-yil 13-avgust kuni Villarrealdagi debyut golini kiritdi. Oʻn uch kundan soʻng u jamoadoshi Alex Baena bilan birgalikda asosiy tarkibda toʻp sura boshlaydi.
Chelsea 2023-yil 30-iyunda Jackson Angliya Premyer ligasi klubi Chelsea bilan 2031-yilgacha moʻljallangan sakkiz yillik shartnoma imzolaydi. Londonlilar futbolchi uchun 32 million funt toʻlashi belgilangan. Premyer liga doirasidagi debyutini13-avgust kuni Liverpoolga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazgan. Debyut golini esa 25-avgust kuni Luton Townga qarshi oʻtgan Stamford Bridgedagi oʻyinda kiritadi.
Koʻplab tanqidlarga qaramasdan Jackson debyut mavsumida Premyer ligada jami 35 oʻyinda 14 gol muallifiga aylanadi va Mohamed Salahdan keyin ikkinchi eng yaxshi afrikalik toʻp urar boʻlgan holda mavsumni yakunlaydi.
Statistikasi
Klub
+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarMirandés2020–21Segunda División161171Villarreal B2021–22Primera División RFEF255277Villarreal2021–22La Liga901002022–23La Liga26123813Umumiy35124813Chelsisi2023–24Premyer Liga35144417Umumiy1113213638
Terma jamoa
+Terma jamoa safidagi statistikasiMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarSenegal202210202350202480Umumiy140
Sovrinlar Chelsea
Liga kubogi finalchisi: 2023-24
Shaxsiy
La Liga oyining eng yaxshi oʻyinchisi: 2023-yil may
Manbalar
Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Senegallik erkak futbolchilar Turkum:Gambiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Casa Sports futbolchilari Turkum:CD Mirandés futbolchilari Turkum:Villarreal CF B futbolchilari Turkum:Villarreal CF futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Primera Federación futbolchilari Turkum:Liga 1 (Senegal) futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari Turkum:Senegallik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gambiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar