Oʻzbekiston sanatoriysi – Rossiyaning Sochi shahrida joylashgan sanatoriy. 1977-yil 7-yanvarda Sochi shahrida ochilgan boʻlib, SSSR davrida faoliyat yuritgan. SSSRning qulashi oqibatida, oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Rossiya Ichki ishlar vazirligining „Salyut“ sanatoriysi tarkibida.
Tarixi Sanatoriyning qurilishi oʻzbek siyosatchisi Sharof Rashidov nomi bilan bogʻliq. XX asrning 70-yillarida Oʻzbek SSR hukumati tomonidan Moskvaga Sochi shahrining Matsesta mikro hududi yaqinida sanatoriy qurish uchun ruxsat xati yuboriladi.
Loyiha bosh meʼmori Vnukov sanatoriy qurilishi haqida mualliflik kitobida shunday degan:
Loyihalash ishlariga koʻra, qurilish ishlari 2 bosqichda amalga oshirilishi kerak boʻlgan. Biroq, faqatgina 1-bosqich muvaffaqiyatli yakunlangan. 2-bosqich amalga oshirilmagan.
Rus muhandisi Igor Yaroshevskiy „Arxitektura va kuch“ kitobida qurilish jarayonlari haqida fikr bildirgan:
2014-yilda Sochida oʻtkazilgan 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari sabab, sanatoriyning koʻp qavatli binosi taʼmirlangan. Mukofotlari Qurilish ishlarida ishtirok etgan V.Shavernev, A.Potrebich, B.Usmonov, D.Latipov, I.Yaroshevskiy va V.Ochinskiylar 1976-yilda Hamza mukofoti bilan taqdirlangan. Manbalar
Turkum:Rossiyadagi Oʻzbekiston sanatoriylari