Pedro Lomba Neto (2000-yil 9-martda tugʻilgan) – portugaliyalik professional futbolchi, Premyer-liganing „Chelsea“ klubi va Portugaliya terma jamoasi vingeri.

Faoliyatini „Braga“da boshlagan futbolchi 2017-yilning yozida Italiyaning „Lazio“ klubiga ijaraga berilgan. Keyinchalik 2019-yilda u „Wolverhampton Wanderers“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Premyer-ligadagi faoliyatining dastlabki yillarida koʻplab jarohatlar sabab oʻyinlarning katta qismini oʻtkazib yuborgan. 2024-yil avgust oyida esa Neto „Chelsea“ jamoasi safiga qoʻshilgan va birinchi mavsumining oʻzidayoq UEFA Konferensiyalar ligasi va Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Portugaliyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalari sharafini himoya qilgan Neto 2020-yilning noyabr oyida asosiy terma jamoa safida debyut qilgan va birinchi oʻyinning oʻzidayoq gol muallifiga aylangan. Futbolchi Portugaliya terma jaomasi bilan birga UEFA Yevro-2024 turnirida ishtirok etgan va 2024-2025-yilgi UEFA Millatlar ligasida gʻolib chiqqan. Klublardagi karyerasi Braga Viana do Castelo shahrida tugʻilgan Neto 13 yoshida „Braga“ning yoshlar akademiyasida mashgʻulotlarni boshlagan. 2017-yilning 7-mayida u klubning zaxira jamoasi Braga B" tarkibida Segunda Ligadoirasidagi „Porto B“ga qarshi oʻz maydonida kechgan oʻyinning ikkinchi boʻlimida zaxiradan maydonga tushirilgan holda oʻzining professional futboldagi debyutini oʻtkazgan. Keyingi turlarda u asosiy jamoa bilan Primeira Liga bahslarida ham debyut qilgan. Liga Bga tushib ketishi deyarli aniq boʻlib ulgurgan Nacionalga qarshi maydonga tushgan futbolchi bir necha daqiqa ichida gol muallifi boʻlishga ham ulgurgan va uchrashuv 4:0 hisobida yakunlanishini taʼminlagan holda klub safida gol urgan eng yosh futbolchiga ham aylangan.

2017-yilning 31-avgustida Neto va jamoadoshi Bruno Jordão Italiyaning „Lazio“ klubiga ikki yilga sotib olish sharti bilan ijaraga berilgan. U A Seriadagi ilk va yagona oʻyinini 2019-yilning 27-yanvarida oʻtkazgan. Klubning oʻz uyi kechganda „Yuventus“ga 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan oʻyinning soʻnggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushirilgan.

Wolverhampton Wanderers 2019-yilning 2-avgustida Neto „Wolverhampton Wanderers“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Oʻn ikki kundan soʻng UEFA Yevropa ligasi uchinchi saralash bosqichi doirasidagi „Pyunik“ jamosiga qarshi javob oʻyinida debyut qildi. Oʻz uyida 4:0 hisobida yakunlangan oʻyinda futbolchi bir gol Morgan Gibbs-Whitening goliga golli uzatmani amalga oshirdi (umumiy hisob 8:0). Uning Angliya Premyer-ligasidagi debyuti bir necha kundan soʻng „Manchester United“ bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda qayd etildi. Futbolchi uchrashuvning ikkinchi boʻlimida hamyurti Diogo Jota oʻrniga maydonga tushirildi.

Netoning ligadagi birinchi starti 2019-yil 28-sentyabrda boʻlib oʻtdi. U „Molineux“ stadoinida oʻtgan „Watford“ga qarshi oʻyinni asosiy tarkibda boshladi hamda Matt Dohertyining goliga assistentlik qildi. 29-dekabr kuni „Liverpul“ga qarshi bahsda gol muallifi boʻlgan edi, ammo hakam vaziyatni VAR orqali koʻrib chiqqach uni bekor qildi. Biroq Neto keyingi turdayoq raqib darvozasini ishgʻol qilishga muvaffaq boʻldi va bu orqali klub safida gol kiritgan birinchi oʻsmir futbolchiga aylandi.

2020-yil 4-oktyabrda Neto 2020-2021-yilgi mavsumdagi oʻzining ilk golini „Fulham“ga qarshi oʻyinda kiritdi. Bir oy oʻtgach, u „boʻrilar“ bilan shartnomasini 2025-yilgacha uzaytirdi.

Neto Angliya yuqori diviziyasidagi 100-uchrashuvini 2023-yil 21-oktyabrda „Bournemouth“ga qarshi safar uchrashuvida oʻtkazdi va u yerda Matheus Cunhaning goliga assistentlik qildi, bu uning yangi mavsumdagi oltinchi golli uzatmasi edi. U Angliya kubogidagi ilk golini 2024-yilning 28-yanvarida „West Bromwich Albion“ bilan kechgan oʻyinda kiritdi.

Chelsea 2024-yilning 11-avgustida Neto „Chelsea“ klubi bilan 51,3 million hamda 2,6 million funt sterling evaziga yetti yillik shartnoma imzoladi. Uning Lonodon klubidagi debyuti bir haftadan soʻng, „Manchester City“ ga qarshi oʻyinda boʻlib futbolchi ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushirildi. U oʻzining birinchi golini 24-sentyabr kuni Angliya Liga kubogi uchinchi bosqichida quyi divizion vakillaridan biri boʻlmish „Barrow“ ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi. U debyut mavsumini 51 oʻyindan maydonga tushib jami toʻqqizgol muallifiga aylandi. Shuningdek UEFA Konferensiyalar ligasida va FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Statistikasi Klub

+ Klublar miqyosidagi turli turnirlar doirasidagi statistikasiKlubMavsumLigaMilliy kuboklarLiga kubogiYevropaBoshqaTotalDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBraga2016–2017Primeira Liga21000000—212017–2018Primeira Liga10000000—10Umumiy31000000—31Lazio (ijara)2018–2019Serie A4010—00—50Wolverhampton Wanderers2019–2020Premyer-liga2932020112—4452020–2021Premyer-liga3153010——3552021–2022Premyer-liga1310000——1312022–2023Premyer-liga1800010——1902023–2024Premyer-liga2024100——243Umumiy111119140112—13514Chelsea2024–2025Premyer-liga354201171635192025–2026Premyer-liga00000000—00Umumiy35420117163519Karyerasidagi umumiy15316121511836319424

Terma jamoa

+ Terma jamoa safigi oʻyinlar va gollar soni, yillar kesimidaTerma jamoaYilOʻyinlarGollarPortugaliya202011202120202320202491202530Umumiy172

Birinchi koʻrsatilgan hisob Neto gol urgandangi holat, ikkinchisi yakuniy natija + Neto tomonidan terma jamoa safida kiritilgan gollar roʻyxati № Sana Jamoa safidagi oʻyini Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2020-yil 11-noyabr 1 Estádio da Luz, Lissabon, Portugaliya 1–0 7–0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2 2024-yil 15-noyabr 14 Estádio do Dragão, Porto, Portugaliya 4–0 5–1 UEFA Millatlar ligasining 2024–25-yilgi mavsumi A ligasi

Manbalar

Havolalar

Chelsea rasmiy profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:S.C. Braga B futbolchilari Turkum:S.C. Braga futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Konferensiyalar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari